Salomatlik Ayollar uchun Tashlashga shoshilmang: banan po‘stlog‘idan kundalik hayotda unumli foydalanish sirlari

Tashlashga shoshilmang: banan po‘stlog‘idan kundalik hayotda unumli foydalanish sirlari

O'qildi: 336


Tashlashga shoshilmang: banan po‘stlog‘idan kundalik hayotda unumli foydalanish sirlari

Odatda banan iste’mol qilinganidan so‘ng darhol uning po‘stlog‘i chiqindi qutisiga tashlanadi. Ammo unga yashiringan bir qancha foydalardan ko‘pchilik bexabar bo‘lishi turgan gap. Woman’s day nashri aynan banan po‘stlog‘ini tashlab yubormaslikka arziydigan bir qancha foydali ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Pinterest

Yaltiroq poyabzallar

Har kuni ishga borishdan avval oyoq kiyimlarni tozalashni unutmaslik kerak. Lekin sovuq mavsumda charm etiklar eskirganligi darhol seziladi. Buning uchun eng yaxshi yordamchi – banan po‘stlog‘i hisoblanadi. Oddiygina po‘stloq orqali ularning yorqinligini qaytarish mumkin. Buning uchun po‘stloqning ichki yumshoq tomoni ishlatiladi. Uning tarkibida yorqinlikni tiklovchi meva kislotalari mavjud bo‘lib, po‘stloqdan so‘ng poyabzal yuzasini jun mato bilan artish tavsiya etiladi.

Top-toza idishlar

Kumush metallarni tozalash ba’zida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularni oqartirish uchun ko‘p harakat qilish zarur. Banan po‘stlog‘i esa juda tez ravishda ularning yorqinligini tiklaydi. Qoshiq, sanchqi, tarelka va stakanlarni po‘stloqning yumshoq tarafi bilan artish zarur. Natijasi bir necha daqiqadan so‘ng ayon bo‘ladi.

Gullar olami

Ayniqsa, gullar uchun qish mavsumi biroz muammolarni paydo qilishi mumkin. Chunki uy ichida ularning odatdagidek o‘sishiga sharoit yetarli bo‘lmaydi. Bunday vaqtda banan po‘stloqlari mayda bo‘laklarga bo‘linib, gul tuvaklariga ko‘mib qo‘yish tavsiya etiladi. Ushbu vositadan samaraliroq o‘g‘itni topish qiyinligi shubhasiz.

Yashil o‘simliklar

Barglari katta bo‘lgan uy o‘simliklarning ko‘rinishi yaxshi emasmi?Ularning barglarini banan po‘stlog‘ining yumshoq qismi bilan artib chiqish zarur. Ushbu jarayon o‘simliklarni changdan himoya qilishi bilan birga, barglarni oziqlantiradi va yanada yorqinlashtiradi.

Chiroyli tabassum

Tish oqartiruvchi vositalarga qancha pul sarflagan bilan bir stakan choydan so‘ng ular yana avvalgi holiga qaytadi. Eng arzon va samarali usul esa tishlar tozalangandan so‘ng shunchaki banan po‘stlog‘ida artishdir. Po‘stloq tarkibidagi minerallar tufayli tishdagi kariyes rivojlanishi ham bartaraf etiladi. Ikki hafta muntazam tozalash mobaynida tishlar oqarganini sezish mumkin. Kuni bo‘yi tetik yurish uchun iste’mol qilingan banan mevasidan keyin uning po‘stlog‘idan chiroyli tabassum uchun foydalanishni unutmaslik zarur.

Yumshoq qo‘llar

Doimiy mavsum o‘zgarishi tufayli terida ham turli holatlar ro‘y beradi. Hammasidan ham ko‘ra ko‘proq qo‘l terisi zararlanadi. Qurish, yorilish kabi holatlarni esa har qanday krem ham bartaraf etmasligi mumkin. Ammo banan po‘stlog‘i bilan ushbu muammoni ham hal etish mumkin. Uning yumshoq tomoni bilan artilgan teri yuzasida qizarish, achishish yengillashadi. Shuningdek, undan chivin, asal ari chaqishi va hatto tirnalishdan keyin ham foydalanish samarali hisoblanadi.

Qizil yanoqlar

Insondagi charchoq hisi uning yuzlarida darhol aks etadi. Uni tiklash uchun esa banan po‘stlog‘ining yumshoq tomonida artish va bu orqali terini namlash mumkin. Haftada bir necha marta takrorlangan ushbu jarayon natijasida yanoqlar yana o‘z holiga qaytadi. Ayniqsa, biroz vaqtdan so‘ng kichik ajinlar yo‘qolishi ham mumkin.

Qalin sochlar

Sochlarni qalinlashtirishda ham banandan unumli foydalanish zarur. Buning uchun uning po‘stlog‘i juda mayda bo‘laklarga bo‘linadi va shampunga qo‘shib yuviladi. Tez sharoitda tayyor bo‘lgan sochlarni oziqlantiruvchi vositadan so‘ng sochlar qalin va porloq bo‘lganini sezish mumkin. Shuningdek, sochlarni elektrlashishi ham kamayadi.

Sezilmas ko‘karishlar

Turli xil jarohatlar tufayli paydo bo‘lgan ko‘karishlarni yo‘qotishda ham banan po‘stlog‘i yordam beradi. Bir soat oralig‘ida kompressni yangilash mumkin. Bir kunda ikki-uch marotaba ushbu jarayonni qo‘llash tavsiya etiladi. Natija bir necha kundan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Sog‘lom oyoqlar

Ushbu niqob oyoqlar uchun juda foydali bo‘lib, kuni bo‘yi to‘plangan charchoq hisini bartaraf etadi. Buning uchun banan po‘stlog‘i blendr yordamida maydalanadi, ustidan bir choy qoshiq ichimlik sodasi va ozroq suv solinadi. Oyoqqa surilganidan so‘ng 20 daqiqa ushlab turiladi va muzdek suv bilan yuviladi. So‘ngra oziqlantiruvchi krem suriladi.

Mazali go‘sht

Ushbu maslahat, ayniqsa, tovuq go‘shti uchun mos keladi. Ba’zida go‘shtning qattiq yoki suvsizlanishi natijasida u avvalgdek maza bermasligi mumkin. Shuning uchun uni pishirishdan avval tova yuzasini banan po‘sti bilan artib tashlash tavsiya etiladi. Faqatgina tova yuzasi toza bo‘lishi shart.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.