Telefon ekranidagi chiziqlarni bartaraf etishning eng oddiy usullari
Smartfonlarni ishlatish jarayonida hatto juda ehtiyotkor foydalanuvchilar ham oxir-oqibat ekran yuzasida turli xil chiziqlarni ko‘rishi mumkin. Quyidagi ma’lumotlar orqali ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida bilib olish mumkin.
Foto: “alamy.com”Telefonga himoya qiluvchi shisha qoplamalarni o‘rnatishga qaramay, hech kim ularni xavfsizligini kafolatlamaydi. Sababi har qanday himoya vositasidagi smartfonlar oddiy cho‘ntakda ham yoqimsiz chiziq qoldirishi mumkin. Albatta, displeyni himoya qilish uchun eng yaxshi yechim – bu telefon sotib olgandan so‘ng darhol himoya oynasini o‘rnatishdir. Ammo bunday qoplamalar sifatini asl displey yuzasi bilan taqqoslaganda, oradagi farq seziladi. Kimdir yiliga smartfonni kamida bir marotaba almashtirishga o‘rgangan. Shuning uchun ular, hatto mayda shikastlanishga ham ahamiyat bermaydi.
Uy sharoitida telefon ekranidagi chiziqlarni qanday bartaraf etish mumkin?
Agar ekran yuzasida kichik tirnalishlar bo‘lsa, uy sharoitida ham buni bartaraf etish mumkin. Polirovka qilish ekranni mukammal holatga keltirishga yordam beradi, unga o‘zining asl porlashini qaytaradi. Ekranni mayda tirnalishlar va chiziqlardan xalos qiladi. Buning uchun kukun va dag‘al jismlardan foydalanish mumkin emas. Agar buni uddalash qiyinchilik tug‘dirsa, unda ushbu xizmatni malakali ustaga topshirgan ma’qul. Hech bo‘lmaganda yaroqsiz qurilma ekranida sinab ko‘rish kerak.
Jarayonni boshlashdan oldin qurilmaga suyuqlik va kukunlar tushmasligi uchun barcha choralarni ko‘rish kerak. Mikrofon, zaryadlovchi teshiklar kabi joylarni lenta bilan yopish zarur.
Shuni yodda tutish kerakki, agar ekran oleofobik qoplama bilan qoplangan bo‘lsa, unda polirovka qilishning keragi yo‘q. Ushbu qoplama telefon ishlab chiqaruvchilari tomonidan ingichka nanometer plyonka shaklida sislikon bug‘larni yotqizish usuli yordamida qo‘llaniladi. Shundan so‘ng displey yog‘ va suyuqlik, shu jumladan, barmoq izlariga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.
Tish tozalash pastasi bilan telefon ekranidagi chiziqlarni qanday bartaraf etish mumkin?
Ushbu oddiy vosita, ehtimol, chiziqlarga qarshi kurashning eng yaxshi variantidir. Har qanday tish pastasida kremniy va titanium birikmalari, alyuminiy oksidi, ko‘mir, soda kabi moddalardan tarkib topadi. Ushbu moddalar tishlarda skrab vazifasini bajaradi. Tish emalini so‘lak qoplamasidan tozalaydi. Tish pastasi ham smartfonlar ekraniga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin, yuzadagi mayda tirnalgan joylardan muloyimlik bilan silliqlay oladi.
Smartfon oynasidagi chiziqlarni olib tashlashni displey yuzasiga tish pastasi qatlamini yupqa surishdan boshlash kerak. Pasta dumaloq harakat bilan qurib ketguncha biroz kutiladi. Keyin biroz namlangan paxtadan foydalanish va chiziq yo‘qolguncha displey yuzasini silliqlash uchun dumaloq harakatdan foydalanish kerak.
Telefon ekranidagi chiziqlarni olib tashlash uchun iste’mol sodasidan qanday foydalanish kerak?
Iste’mol sodasi uyda eng kerakli tarqalgan vositalardan biridir, xususan, oshxonada.
- Ichimlik sodasi ma’lum miqdorda suv bilan aralashtiriladi.
- Aralashma smartfon yuzasiga mikrofiber yoki paxta bilan artiladi.
- Jarayon tugaganidan so‘ng displeyda qolgan aralashma yumshoq mato bilan tozalanadi.
- Bo‘tqa holiga kelguncha upaga suv aralashtiriladi.
- Salfetka yoki paxta botiriladi.
- Ekran yuzasidagi chiziq yo‘qolguncha dumaloq harakat bilan artiladi.
- Ekrandagi qoldiqlar yumshoq matolar bilan tozalanadi.
- Jarayonni bir necha marta takrorlash tavsiya etiladi.
Manba