Sochlarning tez yog‘lanishidan aziyat chekuvchilarga 6 maslahat
Yorqin va qalin sochlar mukammal ko‘rinishning kalitidir. Ammo ularning kir hamda yog‘langan holda bo‘lishi, pardoz va kiyimlar qanchalar chiroyli bo‘lamsin, tashqi ko‘rinishga jiddiy putur yetkazadi. Agar sochlar tezda yog‘lanib qolsa, birinchi navbatda buning sabablarini aniqlash kerak.
Foto: “Argumenti i fakti”— Keng tarqalgan muammo – bu sochlarni tez-tez yuvish. Natijada ular bunga o‘rganib qoladi, teri himoya reaksiyasi sifatida ko‘proq yog‘ ajratishni boshlaydi.
— Yana bir keng tarqalgan sabablardan biri – noto‘g‘ri parvarish. Ehtimol, shampun yoki konditsioner bosh terisiga mos kelmagan bo‘lishi mumkin.
— Irsiy omil.
—Oshqozon-ichak trakti kasalliklari yoki tanadagi gormonal buzilishlar. Bunday vaziyatda shifokor bilan maslahatlashib, kerakli ko‘riklardan o‘tish kerak.
Sochlarni uzoq vaqt toza saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak:
- bosh terisi turini aniqlash zarur. Agar teri yog‘li bo‘lsa, bosh terisi turi bir xilda bo‘lishi mumkin. Bunday holda kundalik shampunda yuvish zararli emas, ammo parvarish qilish juda muhim;
- odatda sochlarni har ikki kunda yuvish tavsiya etiladi. Bu balki qulay bo‘lmasligi mumkin, ammo buni tashqariga chiqmaydigan biror kundan boshlash afzal;
- quruq shampundan foydalanish tavsiya etiladi. Bu nafaqat sochlarni yog‘dan bartaraf etadi, balki sochlarga qo‘shimcha hajm qo‘shadi. Agar quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampun bo‘lmasa, u holda bolalar upasi yordamga keladi. Mahsulot soch ildiziga surtiladi, ortiqcha qismi taroq bilan olib tashlanadi. Kukun sochlarda ko‘rinmasligi uchun uni kakao bilan aralashtirish mumkin;
- sochlarni xona haroratidagi suv bilan yuvish kerak. Ular silliq qilib taralganidan so‘ng kun davomida kamida 2 litr suv ichish kerak. Me’yorida suyuqlik qabul qilish bosh terisida yog‘ ajaralishini kamaytiradi;
- bosh terisni skrab bilan tozalash lozim. Buning uchun dengiz tuziga oz miqdorda suv solib, soch ildizlariga suriladi va yengil massaj qilinadi. Massaj qon aylanishini yaxshilaydi va o‘sishini rag‘batlantiradi;
- konditsioner va niqoblarni faqat soch uchiga surish kerak. Ushbu mahsulotlar soch tolasiga og‘irlik qiladi. Shuning uchun ham ularni ildizga surmasdan, soch uzunligi bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlash zarur. Shuningdek, shampunlarning sifatlisidan foydalanish tavsiya etiladi.
Manba