Salomatlik Ayollar uchun Vazn kamaytirishning eng maqbul usuli: moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya

Vazn kamaytirishning eng maqbul usuli: moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya

O'qildi: 307


Vazn kamaytirishning eng maqbul usuli: moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya

Ortiqcha vazndan qutulish haqida gap ketganda, ko‘pincha moddalar almashinuvi jarayoni so‘zi tilga olinadi. Ba’zilar juda ko‘p ovqat iste’mol qilsa ham semirmasligining, yana ayrimlarda esa kuchli parhez natijasida ham ortiqcha vazn tashlamasligining siri nimada bo‘lishi mumkin?

Foto: Pinterest

Moddalar almashinuvi tananing oziq-ovqatni energiyaga aylantirish darajasi va turli xil faoliyatni davom ettirish uchun javobgardir. Shunga ko‘ra, moddalar almashinuvi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, inson shuncha ko‘p kaloriya sarflaydi. Bunday vaqtda ovqatlanishni cheklash hech qanday foyda keltirmaydi. Tana harakat uchun kerakli kaloriya miqdorini olmagan holda energiya tejash rejimiga o‘tadi. Natijada og‘irlik orta boradi. Shuning uchun ham odatdagi ovqatlanish rejimini saqlab qolish, sarflanadigan kaloriya miqdorini kamaytirmaslik bilan birga, vazn kamaytirishning eng maqbul usuli – moddalar almashinuvini tezlashtirishdir.

Oz va tez-tez ovqatlanish

Kuni bo‘yi yoki kechki ovqatga qadar och yurmasdan, tez-tez va oz miqdorda yeguliklar iste’mol qilish kerak. Buning uchun meva va sabzavotlar, vitaminga boy mahsulotlarni yeyish mumkin. Shuningdek, nonushta qilish juda muhim bo‘lib, aynan u moddalar almashinuvi jarayonini boshlab beradi.

Me’yoriy uyqu

Uyqusizlik nafaqat charchoq, balki moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Uyquning yetishmasligi energiya va ishtahani tartibga soluvchi muhim gormon – leptin miqdorini pasaytiradi. Bu esa yana ortiqcha ovqatlanishga olib keladi. Sog‘lom ovqatlanish esa to‘g‘ri vazn yo‘qotish garovidir.

Ko‘p miqdorda suv ichish

Bu ko‘pchilik unutadigan eng muhim qoida. Suv tanadagi har qanday jarayonning asosiy ishtirokchisidir. Shu jumladan, moddalar almashinuvining ham. Shuning uchun ichimlik rejimiga rioya qilish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ovqatdan oldin bir stakan suv ichish ko‘p ovqat yeyishdan saqlanishga yordam beradi. Agar oddiy suv ichish biroz muammo bo‘lsa, unga bir bo‘lak limon bilan yoqimli ta’m berish mumkin.

Sabzavotlar iste’moli

Karam, ismaloq, brokkoli va sitrus mevalarni iste’mol qilish kerak. Ular ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, tanani zaruriy vitaminlar bilan to‘yintiradi.

Ko‘k choy

Ko‘k choyning tarkibida moddalar almashinuvi jarayonini kuchaytiradigan va ozishga yordam beradigan kofein bor. Bundan tashqari, ko‘k choy ishtahani bo‘g‘adi va tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi.

Kuch beruvchi mashqlar

Ular vazn yo‘qotishda boshqa mashg‘ulotlarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Og‘ir jismoniy zo‘riqishdan so‘ng tana mushak tolasining tiklanishi va o‘sishi uchun juda ko‘p energiya sarflaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.