Hiqichoq tutishini to‘xtatadigan gadjet o‘ylab topildi
Ixtiyorsiz refleks hisoblangan hiqichoq embrion va chaqaloqlarning nafas olishi uchun zaruriy mashq hisoblanadi. Ilk bor odamni ona qornidaligining taxminan 25-haftasida hiqichoq tutadi. Katta yoshli odamlarda esa hiqichoq noqulaylik keltirib chiqadi. Hiqichoq tutganda miyadan signallar, diafragma va qovurg‘alar orasidagi mushaklarga borib ularni qisqartirishga majbur qiladi. Aksariyat hollarda hiqichoq tutishiga ovoz tirqishining keskin yopilishi sabab bo‘ladi. Haddan ortiq ko‘p ovqatlanish, spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish va haddan tashqari sovish sabab hiqichoq tutishi kuzatilishi mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Hiqichoq tutishining 4 xil usuli bor:
- qisqa muddatli yoki epizodikda 10-15 daqiqadan uzoqqa bormaydi;
- toksik turi nikotin va ayrim dori vositalarining nervlarga ta’sir qilishi oqibatida kelib chiqadi;
- ikki kundan uzoq davom etadigan hiqichoq;
- ikki oygacha davom etishi mumkin bo‘lgan hiqichoq.
Hiqichoq tortishni to‘xtatadigan gadjet qanday ishlaydi?
Foto: “Domashniy Ochag”Shifokor Seyfi tomonidan ishlab chiqarilgan gadjetda klapanli plastikli naychani yarim qilib suv solingan stakanga solish kerak bo‘ladi. Undan kuch bilan suvni tortib, ho‘plash kerak. Ushbu jarayonda diafragma hamda oshqozon-ichak trakti hamda lakluk(kichik til)ni nazorat qiladigan sayyor nervni qo‘zg‘atadi. Gadjet har ikkala nervni “chalg‘itgandek bo‘ladi” va bu orqali hiqichoq tortishni oldini oladi. FISST deb nomlangan mazkur qurilma allaqachon patentlangan.
Gadjet 2020-yilda ko‘ngillilar ishtirokida test qilib sinalgan. Tadqiqotda 249 nafar kishi qatnashgan bo‘lib, unda qurilmaning qanchalik samara berishi 5 balli shkalada baholangan. 90 foiz odam FISST’dan foydalanish samara berishini ta’kidlagan.
Ammo tadqiqot davomida baholar subyektiv bo‘lgani va nazorat guruhi ishtirok etmaganini inobatga olish kerak. Shunchaki gadjetdan foydalanganlar o‘z fikrini bildirgan. Aynan shu sabab ham AQSh, Shveysariya va Yaponiyada klinik tekshiruvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xalq tabobati usullari
Nafasni tutib turish
Chuqur nafas olib, imkon darajasida uzoq vaqt davomida tutib turing. 15-20 soniya davomida nafas olmaslikka harakat qiling. Shundan keyin sekin nafas chiqaring. Hiqichoq tutishi to‘xtamagunicha mashqni davom ettiring.
Nafas va qog‘oz paket
Nafas olish ritmini tiklaydi va qondagi vodorod konsentratsiyasini oshiradi. Paket bilan lab va burunni yopib sekin nafas olib chiqaring. Polietilen paketdan foydalanmang.
Embrion holatini egallang
Tekis joyga o‘tirib, tizzalarni buking(ko‘krak sohasiga tegib tursin), qo‘llar bilan tizzani ushlang. Bunday vaziyatda diafragma tinchlanadi. 3-4 daqiqagacha ushbu holatni saqlang.
Tilni tashqariga chiqaring
Bu orqali adashgan nervni “chalg‘itish” mumkin bo‘ladi. Tilni bor kuchingiz bilan chiqarib, uzoq vaqt davomida ushlab turing.
Qo‘llaringizni musht qiling
Odam gavjum yerda bo‘lganda va suv ichish imkoni bo‘lmaganda shu yo‘l bilan hiqichoqdan qutilish mumkin. Buning uchun qo‘llaringizni mahkam musht qiling.
Qisqa muddatli, epizodik hiqichoqqa quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- gazlangan ichimliklar;
- chekish;
- haddan ortiq issiq yoki achchiq taom;
- hovliqib suv ichish yoki yutinish;
- kuchli emotsiyalar;
- tana haroratining o‘zgarishi;
- uzoq vaqt davomida noqulay holatda bo‘lish.
Manba