Piyoz to‘g‘raganda ko‘zlar yoshlanmasligiga yordam beradigan tavsiyalar
Ba’zan shunchaki piyozni to‘g‘rash uchun bir qator sinovlardan o‘tish kerak. Ko‘zlar achishadi, yoshlanadi va barmoqlar pichoqqa yaqin holatda bo‘ladi. Ammo, xayriyatki, bu muammodan bir marta va butunlay xalos bo‘lishga yordam beradigan samarali tavsiyalar mavjud. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ular bilan bo‘lishdi.
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanBirinchidan, ko‘z yoshlanishi sababini ko‘rib chiqish lozim. Hammasi piyozning o‘zini himoya qilishi bilan bog‘liq. Sabzavot to‘g‘ralganda, u ma’lum fermentlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Kimyoviy reaksiyalar paytida uchadigan gaz hosil bo‘lib, havo orqali tarqalib, ko‘zlarning yoshlanishiga olib keladi.
Piyozning barcha turlari shilliq qavatni bir xil darajada bezovta qilmaydi. Misol uchun, shirin va yashil navlar oltingugurtning minimal miqdorini o‘z ichiga oladi, shuning uchun ular kamroq reaksiyaga olib keladi. Piyoz to‘g‘raganda ko‘z yoshlaridan butunlay qutulish uchun ushbu layfxaklarni sinab ko‘rishingizni maslahat beramiz.
O‘tkir pichoqdan foydalaning
O‘tmas pichoq to‘g‘rashni qiyinlashtiradi va uchuvchan gaz bilan o‘ralgan muhit vaqtini oshiradi. Shuning uchun, pichoq qanchalik o‘tkir bo‘lsa, to‘g‘rash shunchalik qulay bo‘ladi.
Piyozni oldindan sovitib oling
Piyozni to‘g‘rashdan oldin 30-45 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yish kerak. Bu usul faqat sabzavotni darhol ishlatishni rejalashtirganda mos keladi. Aks holda, sovuq harorat piyozning sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Ko‘zni himoya qilish vositalaridan foydalaning
Gaz va ko‘zlar o‘rtasida to‘siq yaratishga harakat qilish lozim. Albatta, bu holatda oddiy quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar ham yordam beradi, lekin agar yanada samarali himoya qilishni istasangiz, maxsus ko‘zoynak sotib olish tavsiya etiladi.
Muqobil oshxona vositalarini ishlating
Maxsus qo‘shimchalar yoki oddiy sabzavot to‘g‘raydigan maxsus oshxona jihozidan foydalanish mumkin. Bu orqali piyoz bilan kamroq aloqa qilish va himoyalanish mumkin.
Foyda bermaydigan mashhur maslahatlar
To‘g‘rash paytida saqich chaynash. Ushbu maslahatni tasdiqlovchi ilmiy dalil yo‘q;
Piyozni suvda namlash. Suv, aksincha, shilliq qavatning achishtiruvchi xususiyati jarayonini tezlashtiradi;
Piyozni to‘g‘rashdan oldin mikroto‘lqinli pechda qizdirish. Issiq harorat piyozning ta’mini o‘zgartirishi va uni yoqimsiz qilishi mumkin.
Manba