Salomatlik Salomatlik Haqiqatmi yoki uydirma: ventilyator tufayli shamollab qolish mumkinmi?

Haqiqatmi yoki uydirma: ventilyator tufayli shamollab qolish mumkinmi?

O'qildi: 348


Haqiqatmi yoki uydirma: ventilyator tufayli shamollab qolish mumkinmi?

“Ventilyator yaqinida o‘tirma, undan kechasi foydalanma — kasal bo‘lasan”. Aksariyat onalar farzandini yoshligidanoq xuddi shu tarzda ogohlantiradi. Ammo tashvishlanishga sabab bo‘lsa-da, hamma ham ushbu maslahatga quloq tutmaydi. Grazia nashri yozning issiq kunlarida tun-u kun to‘xtamay ishlatilayotgan ventilyatorning sog‘liq uchun qanchalar xavfli ekani haqida so‘z yuritdi.


Foto: Pinterest

Ventilyator, albatta, sog‘liq uchun keskin harorat o‘zgarishini keltirib chiqaradigan konditsionerchalik o‘ta xavfli emas, lekin u bilan ham iloji boricha ehtiyot bo‘lish kerak.

Agar immunitet past bo‘lsa, unda ventilyatorning qo‘shimcha salqin havosi shamollash uchun kafolat bo‘la oladi. Ammo hatto eng kuchli va sog‘lom odam ham yelvizakda o‘tirsa, o‘zini o‘tkir havo oqimlari bilan sovutib, kasal bo‘lib qolishi mumkin. Bu tashqaridagi issiq havoga qaramay, shamollashga olib keladi.

Shuningdek, shifokorlar ventilyatordan tuni bilan foydalanishni tavsiya etmaydi. Chunki inson uxlayotganda, tanasining oyoq yoki bosh qismi ochiq qoladi. Salqin havo oqimi esa shamollash va mushaklarning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Tongda esa burun bitishi yoki bel va bo‘yinda og‘riq kuzatiladi.

Yozda shamollashning oldini olish uchun ventilyator yaqinida kamroq o‘tirish kerak. Yaxshisi, uni haqiqiy yengil shabada tarqatuvchi rejimda ishlatish lozim. Qolaversa, immunitet zaif bo‘lsa, dushdan keyin hech qachon sochlarni quritmagan holda ventilyator oldida o‘tirish tavsiya etilmaydi, aks holda kuchli havo oqimi jiddiy kasallikka olib keladi.

Mavzuga doir:

  • Dorilarsiz davolanamiz: shamollashni yengishning vaqt sinovidan o‘tgan, samarali usullari
  • Jazirama kunda nima ichish kerak?Chanqoqni qondirishning bir nechta usullar
  • Issiq havoda qancha suv ichish kerak?Shifokor javob beradi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.