Kir yuvish mashinasiga aspirin tabletkasi solinsa nima bo‘ladi?
Sevimli kofta yoki kiyimda dog‘ qolishi hech kim uchun yoqimli emasligi aniq. Barcha o‘zi bilganicha dog‘larni ketkazishga harakat qiladi, ammo bu ish berishi aniq emas. Hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan va boshqalariga nisbatan samarali uslub haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Nima qilish kerak?
Buning uchun yuvish jarayonida bir necha aspirin tabletkasini solishning o‘zi kifoya. Qulaylik uchun kattaroq dozani tanlash mumkin. Buning uchun 500 milligrammli beshta tabletkani maydalang, tog‘oradagi issiq suvga qo‘shing va kechasi kiyimlaringizni ivitib qo‘ying. Tongda ivitilgan kiyimni kir yuvadigan mashinaga soling. Yana shuncha tabletka soling va mashinani odatiy rejimda yoqing. Dog‘ ketganidan keyin natija sizni hayron qoldirishi aniq.
Ish berishining sababi nimada?
Aspirin oqsil molekulalarini parchalaydigan salitsil kislotasini ichiga oladi. Ushbu kislota sirka, limon sharbati va limon kislotasi singari ish beradi. Aspirin qonga ham shu yo‘sinda ta’sir qiladi: qonni suyultiradi va insult va infarktga olib keladigan tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Manba