Oddiy aspirin bartaraf eta oladigan 6 ta muammo
Aspirin nafaqat haroratni tushiradi, og‘riqni qoldiradi, balki kundalik turmushda ham bir qancha muammolarga yechim topishga yordam beradi.
Foto: PixabayKo‘ylakda terlashdan qolgan dog‘ni ketkazadi
Ko‘ylakning qo‘ltiq ostidagi terlashdan qolgan dog‘ni ketkazish uchun yarim stakan suvga 2-3 tabletka aspirin soling, aralashmani dog‘ga surting va 2-3 soatga qoldiring. Aspirin tarkibidagi salitsil kislotasi matoni oqartirish va dog‘larni ketkazishga yordam beradi.
Sochlarga jilo beradi
Suv, havo va quyosh sabab soch yorqinligini yo‘qotishi mumkin. Sochlaringiz yaltirab turishi uchun bir stakan iliq suvga 6-8 tabletka aspirin solib, aralashmani sochingizga surting va 10-15 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Mazkur aralashmani shampunga qo‘shib ham ishlatsa bo‘ladi.
Husnbuzarlarni ketkazadi
Tarkibidagi salitsil kislota yallig‘lanish va shishni qaytarish xususiyatiga ega ekani sabab ham husnbuzarlarda davo sifatida qo‘llash mumkin. Buning uchun bir tabletka aspirinni kukun holiga keltiring va iliq suv qo‘shing. Pasta holiga kelgan aralashmani husnbuzarlarga surting, qurishini kuting va iliq suv bilan yuvib tashlang.
Quruq qadoqni yumshatadi
Oyoqdagi quruq qadoqni yumshatish uchun 5-6 tabletkani yarim choy qoshiq suv va limon sharbati bilan aralashtiring. Oyoq qismiga surting, paket va qalin sochiq bilan o‘rang, 10 daqiqada keyin sochiq bilan artin tashlang.
Qazg‘oqdan qutilishda yordam beradi
Ikki tabletka aspirinni shampunga qo‘shib qo‘ying. Soch uchun foydalanganda 2-3 daqiqa tursin, keyin yaxshilab yuvib tashlang.
Manba