Salomatlik Ayollar uchun Kola, otvyortka, soda: avtomobil egalarining koriga yaraydigan foydali tavsiyalar

Kola, otvyortka, soda: avtomobil egalarining koriga yaraydigan foydali tavsiyalar

O'qildi: 291


Kola, otvyortka, soda: avtomobil egalarining koriga yaraydigan foydali tavsiyalar

Mashinadagi ayrim muammolarni bartaraf qilish uchun qo‘l keladigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Kola

Kola boshqa gazli ichimliklar singari zangni ketkazish uchun yetarli konsentratsiyadagi kislotani o‘z ichiga oladi. Zang bosgan avtomobil qismiga kola quyilsa yoki uning ichiga solib qo‘yilsa, ertalabgacha zangdan asar ham qolmaydi.

Soda

Oddiy ichimlik sodasi professional tozalash vositalaridan kam bo‘lmagan holda dog‘ va kirlarni ketkazishga yordam beradi. Buning uchun sodaga suv aralashtirib kirlangan joyga surtib qo‘yishning o‘zi kifoya. Birozdan keyin toza suv bilan yuvib tashlang.

Rezinali skrepka

Mashina o‘rindiqlariga to‘kilgan hayvon junini skrepka yordamida tozalab olsa bo‘ladi.

Polirovka uchun soch konditsioneri

Soch uchun mo‘ljallangan oddiy konditsioner mashinaning avvalgidek bleskli bo‘lishini ta’minlaydi. Buning uchun uni surtish va ustidan toza latta bilan artishning o‘zi yetarli.

Rangsiz lak

Mashinaning qirilgan qismiga rangsiz lak surtib, muammoga yechim topish mumkin.

Dezinfeksiyalovchi gel

Sovuqdan qotib qolgan mashina eshiklarini oson ochishda dezinfeksiyalovchi gel yaxshi samara beradi.

Muz

Mashina kuzovining chuqurcha hosil bo‘lgan qismi ustiga folga qog‘ozi ustidan muz qo‘ying. Haroratning keskin o‘zgarishi metallning tekislanishiga sabab bo‘ladi.

Otvyortka

Mashina salonidagi chang va kirlarni tozalash uchun ingichka otvyortkadan foydalaning. Buning uchun uni yupqa matoga o‘rang va, yig‘ilib qolgan kirlarni arting.

O‘simlik yog‘i

Avtomobil kuzovini turli hasharotlardan tozalash uchun uni ballonchaga solingan o‘simlik yog‘idan(sepiladigan idishdagisi) foydalaning. 5-10 daqiqadan keyin toza latta bilan artib tashlang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.