Salomatlik Psixologiya Qizlar bilan tanishish — usullari, sirlari, real hayotda va internetda tanishuv yo’llari

Qizlar bilan tanishish — usullari, sirlari, real hayotda va internetda tanishuv yo’llari

O'qildi: 1 045




Zamonaviy dunyoda juft topish unchalik ham qiyin emas. Faqat imkoniyatlardan to’g’ri foydalanish kerak. Ushbu maqoladagi maslahatlar, usullar va sirlar tanish bo’lmagan qizning diqqatini jalb qilish va haqiqiy hayotda, internetda, tanishuv saytlarida qizlar bilan tanishish imkoniyatingizni oshirishga yordam beradi.

REAL HAYOTDA QIZLAR BILAN TANISHISH USULLARI

Odatiy hayotda tasodifiy tanishish tobora «eskichilik»ni eslatmoqda. Shunga qaramay, bu o’z nabiralaringizga aytib beradigan eng romantik vaziyatlardan biri.

Shu bilan birga, bu yo’l boshqa bir qator inkor etilmaydigan afzalliklarga ega. Birinchidan, har doim haqiqiy insonni ko’rasiz, uning qayta ishlangan, yarim tomondan tushirilgan «10 yil oldingi» suratini emas. Ikkinchidan, siz o’z jozibangizni maksimal darajada ishlatishingiz mumkin: afsuski, virtual aloqa hali ham barcha tiriklik nyuanslarini yetkazib bera olmaydi.
Qizlar bilan oflayn tartibda tanishish uchun foydalanishingiz mumkin bo’lgan ayrim usullar.

1. ISHONCH VA OSHKORALIKNI NAMOYISH ETING

Haqiqiy hayotda tanishuv paytida noverbal (tana harakatlari) signallar sizga qo’l kelishi mumkin. Ochiq pozalar, barqaror (lekin ortiqcha bo’lmagan) ko’z kontakti va samimiy tabassumni unutmang. Ular ishning yarmini bajaradi: notanish qizning e’tiborini tortadi.

2. YORDAM TAKLIF QILING

Qizlarga og’ir chamadonini olib borishga yordam berishni yoki yo’lni tushuntirishni taklif etadigan odobli begona yigit, qoida tariqasida, ularning xushnud bo’lishiga sabab bo’ladi. Faqat muloyimlik bilan bezovta qilishni adashtirmaslik kerak. Odatda «yo’q» bu «yo’q» degan ma’noni anglatadi va haddan tashqari qat’iylik sizga ball qo’shmaydi.

3. BEGONA QIZGA TEGISHLI HAR QANDAY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANING

U metroda yoki jamoat transportida taniqli muallif kitobini o’qimoqdami? Yoki unda Dart Veyderning rasmi tushirilgan ko’ylak mavjudmi? Bu birinchi suhbatni boshlash uchun tayyor mavzu.

Lekin bu yerda ham mulohaza yuritish lozim. Qizning qo’l telefonidagi voqealarga fikr bildirish kerak emas, hatto uni qo’li bilan yopmasa ham. Bu shaxsiy hayotga aralashish hisoblanadi.

4. VAZIYATDAN FOYDALANING

Agar siz konsert yoki ko’rgazmada bo’lsangiz, unda sizning qiziqishlaringiz qizning qiziqishlari bilan, ehtimol, mos keladi va suhbat mavzusini topish osonroq bo’ladi. Bu shuningdek eng odatiy joylar: do’kon, kafe, sport zali bo’lishi mumkin. Hatto uy-joy shirkati, nima uchun yo’q, shundaymi?
Suhbatni boshlash uchun atrof-muhitdan sabab sifatida foydalaning. Misol uchun, qizga u ishonsa bo’ladigan kishidek ko’rinishini aytib, qaysi mahsulot yoki taomni tanlashni yaxshi deb so’rash mumkin. Mashg’ulotlarning nyuanslari yoki mahalla bilan bog’liq masalalarni muhokama qiling. Umuman, kundalik hayotning barcha resurslaridan maksimal darajada foydalaning.

5. ILTIFOT QILING

Agar iltifot, oddiylikdan mahrum bo’lib, aniq bo’lsa, bu g’alaba qozonish varianti sanaladi. Ko’zlari ummondek va sochlari sharshara kabi ekanligidek oddiy va siyqasi chiqqan so’zlarni unuting. Biroq, originallik bobida me’yoridan oshirib ham yubormang: qizda dunyodagi eng yaxshi barmoq qalinligi yoki tishlarining ideal qiyshiqligi haqidagi ma’lumot tanishish vaqtida, albatta, keraksiz.

Oldindan tayyorlangan juda hashamatli gaplardan ham voz kechgan yaxshi. Chunki, ikkinchi (uchinchi, to’rtinchi va hokazo) gaplar birinchi gapning virtuozligiga mos kelishi kerak. Aks holda, barcha harakatlar zoe ketadi.

Agar o’z oratorlik qobiliyatingizga ishonchingiz komil bo’lmasa, shunchaki yoniga borib, qizni yoqtirib qolganingizni, u sizda qiziqish uyg’otganini tan oling. Samimiyat har qanday yaxshi o’ylangan «gap otish»lardan yaxshiroqdir.

6. XAVFSIZLIK TARATING

Real hayotdagi tanishishlar deyarli har doim kutilmaganda sodir bo’ladi. Barcha to’satdan va noma’lum hodisalar xavf bilan tenglashtiriladi. Shuning uchun, o’ta xushmuomala, odobli bo’ling va hech qachon qizning shaxsiy zonasiga kirmang. Aks holda, sizning his-tuyg’ularingiz uni cho’chitib, tezroq qochib qolishga undaydi. Hatto qolgan hamma narsani to’g’ri qilsangiz ham.

IJTIMOIY TARMOQLARDA QIZLAR BILAN QANDAY TANISHISH KERAK

Ijtimoiy tarmoqlarning afzalligi yaqqol ma’lum: ular tanishish istagida bo’lgan kishi haqida ko’plab ma’lumotlar beradi va qandaydir ma’noda birinchi qadamni soddalashtiradi. Lekin bu yerda ham qoqilish mumkin bo’lgan joylar mavjud. Chiroyli notanish qizning e’tiborni jalb qilish uchun quyidagi maslahatlardan foydalaning.

1. JUFTNI MAVZUVIY GURUHLARDA QIDIRING

Tanishish va mos keladigan qizni topishning eng oson usuli — bu qiziqish bo’yicha tanlashdir. Guruhlar, pabliklar, ijtimoiy tarmoqlardagi tadbirlar — o’sha yerning o’zidayoq tanishish yoki qizga murojaat qilishingiz mumkin. Suhbat uchun mavzularning taxminiy ro’yxatini tuzish qiyin bo’lmaydi.

2. XAT YOKI SHARHLAR YOZING

Agar qiz bilan tanishishni istasangiz, buni jim ravishda o’nlab layklar bosishdan ko’ra so’zlar bilan ifodalash yaxshiroq. Hadeb layklar bosaverishda sizni noadekvat yoki infantil odam deb qabul qilishlari mumkin.

3. ONLAYN XATTI-HARAKATLARINGIZNI KUZATIB BORING

Yaqinda boshqa qiz bilan munosabatlaringizni tugatganingiz haqida yozuvlar chop etdingizmi? Barcha ayollar bir xil yomon kabilidagi suratlarni joylaysizmi? Sharhlarda qo’pollik qilasizmi? Shunday bo’lsa, yuborgan xatlaringiz javobsiz qolganiga hayron bo’lmang.

4. SAVODXONLIKKA AMAL QILING

Punktuallik — shohlarning xushmuomalaligi bo’lsa, savodxonlik — internet foydalanuvchilarining xushmuomalaligi sanaladi. Va bu intelektual rivojlanganligingizning birinchi dalilidir. Shuning uchun hech bo’lmaganda oddiy xatolarga yo’l qo’ymaslikka harakat qiling. Shubha tug’ilganda, lug’atdan yoki mavzusi mos keladigan manbalardan javoblarni izlang.

5. CHEGARADAN CHIQIB KETMANG

Darhol «sen»ga o’tish birovga shoshilishdek tuyulishi mumkin. Lekin ayni paytda hadeb «siz» deb yozib, bir vaqtning o’zida XIX asrning stilistikasini ishlatish ham eng yaxshi tanlov emas. Bunday holda, siz qiziqarli va zamonaviy insondek emas, g’alati qariya kabi taassurot uyg’otasiz.

TANISHUV SAYTLARIDA QIZLAR BILAN QANDAY TANISHISH MUMKIN: YO’LLARI

Bir qarashda, maxsus sayt yoki xizmatlar orqali tanishish juda osondek ko’rinadi, chunki ulardan tanishish istagida bo’lgan qizlar foydalanishadi. Ammo potentsial yo’ldoshlar ham kam emas. Imkoniyatingizni oshirish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling.

1. PROFILNI TO’LDIRISHGA AQL BILAN YONDASHING

Jiddiy munosabatlar istaysizmi? Unda tors va tananing boshqa yalang’och qismlari rasmini joylashtirmang (yoki hech bo’lmaganda asosiy rasm qilmang). Hatto sizda aql bovar qilmaydigan press kubiklari bo’lsa ham. Bunday go’zallikni yashirish mumkin bo’lmasa ham.
Yaxshisi, shaxsiyatingizni ochib beradigan, yuzingizni ko’rsatadigan rasmlarga e’tibor qarating.

Bundan tashqari, profilni batafsil to’ldirish va qiziqishlar ko’rsatilgan bo’limga alohida e’tibor berish uchun dangasalik qilmang. Eslab qoling: agar tavsif qanchalik aniq bo’lsa, mos keladigan qiz bilan uchrashish ehtimoli shunchalik ko’proq bo’ladi. Shunday qilib, umumiy so’zlar bilan cheklanmang.

2. YANGI FOYDALANUVCHILARDAN QOCHING

Ko’pgina tanishuv saytlari yangi foydalanuvchilarni reklama qiladi: ular birinchi sahifalarga yoki har bir kishi ko’radigan maxsus bo’limlarga joylashtiriladi. Natijada, yangi ro’yxatdan o’tganlar (ayniqsa, qizlar) juda ko’p xabarlarni qabul qilishadi. Demak, sizning xabaringiz shunchaki ko’rilmay qolib ketishi mumkin.

3. FAMILIAR BO’LMANG

Suratdagi qiz sizga mushukcha yoki malikani eslatmasin, birinchi xatda unga bu haqida xabar bermaslik kerak. Tanishish uchun — hatto ixtisoslashgan saytlarda ham — erkalashli so’zlar va muloyimlik noo’rin sanaladi.

4. ODDIYLIKKA «YO’Q» DENG

Tanishuv saytlari va xizmatlari keng tanlov mavjudligi hissini yaratadi. Va qizlarga yigitlarga ko’ra ko’proq xabar olishlari inobatga olinsa, yigitlar ajralib turishi kerak.
Shafqatsiz haqiqat: navbatdagi «salom, qandaysiz» javob berish istagini uyg’otmaydi, ehtiros bilan standart so’roq qilish suhbatni davom ettirish uchun barcha istakni yo’qotadi.
Aniqroq bo’ling. Tanishuvni amalga oshirish uchun qizning profilida ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalaning yoki suhbat uchun o’zgacha mavzuni tanlang. Misol uchun, hayotdagi aql bovar qilmas voqealar bilan o’rtoqlashish yoki eng g’alati tush haqida gaplashishni taklif qiling. Natijada diqqatni jalb qilasiz, zerikarli so’roq qilishdan qochib, oradagi muzni eritasiz.

5. BIR XIL XABAR TARQATISHNI UNUTING

Ko’pchilik yigitlar yuzlab xushxabar yozishdan charchab, bitta — katta, batafsil va universal xabar o’ylab topishni ma’qul bilishadi. Hech bo’lmaganda, ular shunday deb o’ylashadi. Aslida, shaxsiy murojaatdan mahrum bo’lgan matn darhol ko’zga tashlanadi va undan ham kamroq qiziqish uyg’otadi.
Maslahat oddiy: qanday qiz qidirayotganingizni aniqlab oling, mos nomzodlarni tanlash uchun vaqt ajrating va ularga kamida bitta, lekin jonli jumla yozing. Agar kerak bo’lsa, buni takrorlang. Aytishadiku, izlagan topadi deb.

Albatta, maqolada keltirilgan ba’zi tavsiyalar universaldir: tarmoqda ham, real hayotda ham xushmuomala, savodli va me’yroni biladigan bo’lish maqsadga muvofiqdir. Har qanday sharoitda ishlaydigan yana ikkita yo’l bor: o’ziga ishongan ravishda hazillashib, qizga savollar berish va shu tariqa unga nisbatan qiziqish mavjudligin namoyish etish.
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.