Salomatlik Ayollar uchun Uyni sarishta tutish uchun bolalarga o‘rgatish kerak bo‘lgan tavsiyalar

Uyni sarishta tutish uchun bolalarga o‘rgatish kerak bo‘lgan tavsiyalar

O'qildi: 260


Uyni sarishta tutish uchun bolalarga o‘rgatish kerak bo‘lgan tavsiyalar

Uyingiz hamisha tartibli bo‘lishi va farzandingiz ozodalikka rioya etish uchun hozirdan nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rgatish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Uyingizda hamisha oq sirka bo‘lsin

Mazkur suyuqlik uy bekalarining tozalash ishlarida qo‘l kelishi mumkin. Agar uni ichimlik sodasi bilan aralashtirilsa, matodagi dog‘larni ketkazsa bo‘ladi. Bunday aralashma bilan bolalar qo‘liga chizib olgan flomaster, ruchka dog‘larini ham artish yoki muzlatkichni tozalash va oynalarni yuvish uchun ishlatish mumkin.

Kiyim-kechaklarni yuvishdan avval yaxshilab tekshiring

Kir yuvish mashinasining ichiga turli buyumlar tiqilib qolishining oldini olish uchun kirlarni uning ichiga solishdan avval yaxshilab tekshiring. Rangi chiqmasligi uchun esa bir xil rangdagi kiyimlarni barobar yuving. Sviter va trikotaj matodan tikilgan liboslarni esa kiyimlarni siqadigan rejimni yoqmasdan yuving. Keyin sochiqqa yoyib, rulon shaklida o‘rang. Sochiq suvni shimib olganidan keyin kiyimni ilib qo‘yishingiz mumkin.

Mehmon kelganda nima qilish kerak?

Uyingizga kelgan mehmon tunab qolmoqchi bo‘lsa va buning uchun alohida xona bo‘lmasa, yig‘ib-ochiladigan divan yoki kreslo hamda yangi choyshablar tayyor turishiga e’tibor qarating. Bir marta ishlatiladigan yangi tish cho‘tkalari bor bo‘lsa, yana yaxshi.

Kiyimlarni dazmol qilishni unutmang

Bolangiz g‘ijim kiyim bilan o‘qishga borishi, o‘zingiz ham shu ahvolda yurishingiz atrofdagilarda yaxshi tasavvur qoldirmasligi aniq. Farzandingizga kiyimlarni dazmol qilib yurish, yoqasi qattiq turishi uchun kraxmaldan foydalanish kerakligiga o‘rgating. Yuvishdan avval kiyimlarni rangiga qarab ajratish va yorliqlarni o‘qish kerakligi, shunga qarab qancha haroratda yuvish va dazmol qilishni bilgani yaxshi.

Uydan yaxshi ifor kelishiga e’tibor qarating

Uydan xushbo‘y hidlar kelib turishi uchun zamonaviy vositalardan tashqari quritilgan o‘tlardan ham foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun iforli o‘tlarni qop ichiga solish kifoya. Sochiq, choyshab, kiyim va poyabzallardan yaxshi ifor taralishi uchun esa choyning qog‘oz paketlaridan foydalaning. Ichini lavanda bilan to‘ldirib, yopishishi uchun dazmol bosing. Matodan tikilgan qopchaga solib xonaga osib qo‘ying.

Tish yuvish pastasi faqatgina tishlarni tozalash uchun emas

Ushbu vosita yordamida devor va poldagi dog‘larni tozalash mumkin. Qolaversa, kumush taqinchoqlarni tozalashda ham yaxshi samara beradi. Ammo buning uchun yuvishda foydalanadigandan boshqa pasta ishlatish tavsiya qilinadi.

Yuvish o‘rniga pilesos qiling

Darpardalarni tozalash uchun ularni har gal yechishning hojati yo‘q. Buning uchun pilesosdan foydalansangiz ham bo‘ladi. Buning uchun pilesos cho‘tkasiga kapron paypoq kiydiring

Lampalarni changdan tozalab turing

Chang bosgan lampa uyni yaxshi yoritmaydi. Aynan shu sabab ham qandillar, stol lampalarini o‘chiq va sovuq holida quruq latta bilan arting.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.