Salomatlik Ayollar uchun Idish yuvish vositasidan samarali foydalanishning 10 ta usuli

Idish yuvish vositasidan samarali foydalanishning 10 ta usuli

O'qildi: 410


Idish yuvish vositasidan samarali foydalanishning 10 ta usuli

Idish yuvish vositalari oshxona buyumlaridagi yog‘ va oziq-ovqat qoldiqlarini tozalaydi, ammo ulardan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. Quyida bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Kiyimdagi dog‘lar

Ovqatlanish jarayonida kiyim ustiga tomgan yog‘ni ketkazish uchun idish yuvish vositasi ayni muddao. Suyuqlikni kerakli joyga quyish va qo‘l bilan ohista ishqalash zarur. So‘ngra suv bilan yaxshilab chayiladi. Shuningdek, erkaklar ko‘ylagining yoqasidagi kirni ham shu tarzda tozalash mumkin.

Oshxona va hammom poli

Buning uchun bir chelak iliq suvga 2 osh qoshiq tozalash vositasi aralashtiriladi. Natijada oshxona va hammomning polini juda oson tarzda tozalash mumkin. Ammo ushbu aralashma yog‘och yoki parket uchun mos kelmaydi.

Balkon yoki hovlidagi mebel 

Idish yuvish vositasini iliq suvga aralashtirib, u bilan deraza oldida yoki hovlida joylashgan mebellarni tozalash mumkin. So‘ngra oddiy suv bilan artib chiqish tavsiya etiladi.

Zargarlik buyumlari 

Idish yuvish vositasi va suvli aralashma bilan zargarlik buyumlarning yorqinligini qaytarish mumkin. Buning uchun dastlab taqinchoqlar aralashmaga 5 daqiqaga solinadi va sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Agar taqinchoqlar o‘ta xira bo‘lsa, tish yuvish cho‘tkasidan ham foydalanish mumkin.

Soch uchun cho‘tka va taroqlar 

Taroqlarni tozalash uchun iliq suvga bir necha tomchi vosita solingan aralashma kerak bo‘ladi. Keyin ularni tish cho‘tkasi bilan tozalab, yuvib tashlash mumkin.

Kir yuvishda

Agar o‘ta nozik matodan tikilgan liboslar qo‘lda yuvilsa, bir piyola suvga bir osh qoshiq vosita qo‘shiladi. Aralashma yordamida kiyim sifatiga zarar bermasdan yuvish mumkin.

Gilamdagi dog‘lar

Ikki stakan suv va bir osh qoshiq idish yuvish vositasini aralashtirib, gilamning dog‘li sohasi mato bilan yuviladi. Jarayon dog‘ ketguncha davom ettiriladi. So‘ngra oddiy sovuq suv bilan artib chiqiladi.

Oshxona shkaflari 

Oshxona jihozlari ham xuddi idishlar kabi tez muddatda yog‘li bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun xuddi yuqoridagidek aralashma tayyorlanib, shkaf yuzasiga sepiladi. So‘ngra mato bilan yaxshilab artiladi.

Betondagi moy izlari

Hovlidagi beton yuzasiga mashina moyi tomgan bo‘lsa, iste’mol sodasi va idish yuvish vositasi aralashtiriladi. So‘ngra cho‘tka yordamida ishqalab, bir necha soatga qoldiriladi. Keyin suv bilan yuvib tashlanadi, kerak bo‘lsa, jarayon takrorlanadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.