Uyda saraton kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi 6 ta jihoz
Oddiy va tanish bo‘lgan narsalar sog‘liq uchun xavfli bo'lishi mumkin. Bunga faqatgina sifatsiz buyumlar emas, balki ular tayyorlanadigan material tufayli ham yuz beradi. Har bir inson uyida ushbu maxfiy zararkunandalarni tekshirishi va imkon qadar tezroq ulardan foydalanishda e’tiborli bo‘lishi kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Katta yumshoq divan
Divan aslida do‘st emas, balki sirli dushmandir. U nafaqat faoliyatni kamaytirishi, shuningdek, harakatsiz turmush tarziga o‘rgatishi ham mumkin. Ko‘pgina mutaxassislar yumshoq mebellar va hattoki matraslarni turli xil saraton kasalliklarini rivojlanishiga turtki beradigan maxsus vosita deb hisoblaydi. Bundan tashqari, unda yig‘iladigan chang eng ko‘p uchraydigan o‘nta eng xavfli kimyoviy moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Agar kimyoviy moddalar yumshoq mebellarni ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘lsa, sevimli divan va kreslolarni muntazam ravishda chuqur tozalashga harakat qilish lozim.
Gilam va pardalar
Xonadonda kimdir tamaki cheksa, chang yig‘uvchilar, albatta, parda va gilamlardir. Shundan so‘ng ular chindan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Haqiqat shundaki, ular tezda tamaki tutunini o‘zida to‘playdi, bu ham kanserogen bo‘lib, hatto umrida chekmagan odamlarda ham o‘pka saratonini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kvartira ichida hech qachon chekishga yo‘l qo'ymaslik va barcha axlat qutilarini muntazam tozalab turish zarur.
Teri va yog‘ochdan ishlangan mebellar
Yog‘ochdan yasalgan yoki teri bilan qoplangan mebel buyumlarini sotib olish vaqtida xrom ishlatilganligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu element kanserogen sifatida ham tan olingan va sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tozalovchi vositalar
Kimyoviy moddalardan tarkib topgan tozalovchi vositalar uydagi eng xavfli narsalardan biridir. Muntazam ravishda foydalanadigan tarkibni diqqat bilan o‘rganish juda muhim, xususan formaldegidni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan saqlanish kerak. Ushbu xavfli kanserogen kosmetika, tozalovchi mahsulotlar, bo‘yoqlarda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sotib olishdan oldin mahsulotni diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur.
Jalyuzi
Ko‘pincha jalyuzilar ftalatni o‘z ichiga olgan plastmassadan tayyorlanadi, bu nafaqat unumdorlikni pasaytirishi, balki saraton rivojlanish xavfini ham oshirishi mumkin. Iloji bo‘lsa, boshqa materiallardan, masalan, yog‘ochdan yoki matolardan yasalgan pardalarga ustunlik bergan ma’qul.
Hasharotlarga qarshi vosita
Chivin va pashshalardan, uy hayvonlarini burgalardan himoya qiladigan spreylar tarkibida pestitsidlar bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy birikmalar ham kanserogenlar deb tan olingan. Salomatlikni himoya qilishning eng yaxshi usuli bu tabiiy vositalardan foydalanishdir. Ammo ularni oson yo‘qotishni afzal ko‘radiganlar ularning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.
Manba