Salomatlik Ayollar uchun Ko‘zoynak, fonar va issiqda mashina ichida qoldirish tavsiya qilinmaydigan boshqa buyumlar

Ko‘zoynak, fonar va issiqda mashina ichida qoldirish tavsiya qilinmaydigan boshqa buyumlar

O'qildi: 303


Ko‘zoynak, fonar va issiqda mashina ichida qoldirish tavsiya qilinmaydigan boshqa buyumlar

Quyosh nurlari ta’sirida mashina saloni qizishi va ichki harorat tashqaridan ham issiqroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Woman’s Day

Dori vositalari

Jaziramada mashina ichidagi havo harorati 50-55 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, dorishunoslar esa dorilarni 25 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerakligini aytadi. Yo‘qsa, tarkibidagi foydali xususiyatlari yo‘qolib, zaharlanishga ham olib kelishi mumkin.

Elektronika

Havo haroratining yuqori ekani telefon batareykasi ishdan chiqishiga olib keladi.

Quyoshdan himoya qiluvchi vositalar

Haddan ortiq issiqlik sabab bunday vositalar tarkibidagi quyosh nuridan himoyalaydigan moddalar samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu sabab ham bu kabi krem va losyonlarni ham 25 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.

Ko‘zoynak

Ko‘zoynakning plastik qismi erib ketishini istamasangiz uni mashina ichida qoldirib ketmang.

Aerozolli balonchalar

Dezodorant va hasharotlarga qarshi vositalar xona haroratidan yuqori bo‘lgan yerda uzoq vaqt saqlansa, portlab ketishi mumkin.

Plastik idishda suv

Issiqlik ta’sirida plastikdan fenol ajralib suvga, suv bilan qo‘shilib oshqozonga tushadi. Ushbu moddaning organizmda to‘planishi saraton kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Mahsulotlarni 30 darajadan yuqori haroratda 1 soatdan ko‘pga qoldirib bo‘lmaydi. Aks holda aynishi va organizmning zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Nam kiyimlar

Mashinada qolgan nam kiyimlar hidlanib qoladi, hid paket ichidan tashqariga chiqmasa mog‘orlashi ham mumkin.

Fonar

Istalgan fonarda yuqorida ta’kidlanganidek portlashi mumkin bo‘lgan batareyka borligi uchun ham issiqda qoldirish tavsiya qilinmaydi.

Kosmetik vositalar

Mashinadagi harorat ta’sirida kosmetik vositalari yaroqsizga aylanishi mumkin.

Zajigalka

Issiqlikda zajigalka ichidagi suyuqlik tashqariga oqishi mumkinligi hisobiga mashina ichida noxush voqea sodir bo‘lishi mumkin.

Saqich

Issiqda erigan saqich mashina o‘rindig‘iga yopishib qolishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.