Salomatlik Ayollar uchun Uydagi darhol voz kechish tavsiya qilinadigan buyumlar

Uydagi darhol voz kechish tavsiya qilinadigan buyumlar

O'qildi: 266


Uydagi darhol voz kechish tavsiya qilinadigan buyumlar

Keraksiz va foydasiz buyumlar to‘planmasligi uchun uydagi eski buyumlarni tashlab yuborish yoki ularni yangilab turish kerak bo‘ladi.

Foto: Freepik

Eski kosmetik vositalar

Kipriklarga surtish uchun mo‘ljallangan tushlarni, masalan, yaroqlilik muddati odatda 2-3 oy bo‘lgani sabab ham har ehtimolga qarshi saqlash tavsiya qilinmaydi.

Eski mochalka

Yuvinish uchun ishlatiladigan mochalka uyingizdagi eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsa bo‘lishi mumkin. Aynan shu sabab ham uni har 3-4 haftada almashtirib turish kerak.

Quyoshdan himoya qiluvchi krem

Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin quyoshdan himoya qiluvchi kremlar o‘z ta’sirini yo‘qotishi mumkin.

Eski dori vositalari

Dori vositalari, xususan, antibiotiklarni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qabul qilish organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Eski idish-tovoqlar

Mikroto‘lqinli pechga qo‘yishga mo‘ljallangan plastik idishlar va ovqat solishga mo‘ljallangan konteynerlarda salomatlik uchun xavfli bo‘lgan polikarbonatlar bo‘ladi. Shu sababdan tarkibida bisfenol bo‘lmagan idishlarni sotib olish tavsiya qilinadi.

Eskirgan tish cho‘tkalari

Shifokorlar tish cho‘tkalarni har uch oyda almashtirishni tavsiya qiladi. Aynan shu sabab ham eskirgani ko‘zga tashlanadigan bo‘lsa darhol yangisini sotib olish tavsiya qilinadi.

Eski poyabzal

Albatta, hamma uchun oyoq kiyimni kiyish muddati individual bo‘lishi mumkin. Ammo noqulaylik keltirib chiqaradigan va oyoqda boshqacha turadigan bo‘lsa, uni yangisiga almashtirish kerak bo‘ladi.

Eski kontakt linzalar

Hatto uzoq vaqt taqishga mo‘ljallangan kontakt linzalarni toza ko‘ringani va dezinfeksiyalaydigan eritmaga solib saqlangan taqdirda ham eng ko‘pi bilan uch oyda almashtirish kerak.

Eskirgan ziravorlar

Ziravorlarni hamma vaqt ishlatish mumkin degan fikr xato. O‘tlarni 1-3 yil, urug‘larni esa 4 yildan ko‘p saqlamaslik kerak.

Havo tozalaydigan filtrlar

Yil davomida kamida bir marta almashtirib turmasa, havo tozalaydigan filtrlar foydasiz bo‘lib qoladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.