Salomatlik Salomatlik Tashlashga oshiqmang: Sabzavot va mevalarning po‘stidan qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?

Tashlashga oshiqmang: Sabzavot va mevalarning po‘stidan qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?

O'qildi: 298


Tashlashga oshiqmang: Sabzavot va mevalarning po‘stidan qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?

Meva va sabzavotlarning po‘stini artgandan keyin tashlab yuborishga shoshmang. Ulardan kundalik turmushda foydalanish va natijadan quvonish mumkin.

Foto: “Domashniy Ochag”

Avokado

Avokadoni ichini o‘yib olib tashqi tomonini quritib qo‘yish hamda bahorda unib chiqadigan gul ko‘chatini solib qo‘yadigan idish sifatida ishlatish mumkin. Nihollarning o‘sish jarayoni hamda ularni tuproqqa ekkandan so‘ng, mazkur biologik parchalanadigan material ildizlarini antioksidantlar, foydali vitaminlar va minerallar bilan oziqlantiradi.

Limon

Maydalangan limon po‘stini 10-15 daqiqa qaynatib, vanna yoki rakovinadagi qoplangan “karash”larni ketkazishda ishlating. Limonli kislota yaxshi samara berganidan keyin ustidan oddiy idish yuvadigan vosita bilan artib tashlasangiz bo‘ladi.

Apelsin

Apelsin po‘stlog‘idan tishlarni oqartirishda foydalansa bo‘ladi. Meva kislotasi tishlarni oppoq ko‘rinishiga yordam beradi. Kislota qoldig‘i ketishi uchun tishlarni pasta bilan yuvib tashlang.

Banan

Banan po‘sti tabiiy charmdan tikilgan poyabzallarni yaltiratish xususiyatiga ega. Hamma gap mazkur meva tarkibida kaliyning bisyor ekanida. Buning uchun tufli ustini banan po‘sti bilan keyin esa ustidan toza latta bilan artib tashlash kerak.

Greypfrut

Greypfrut antioksidant va kletchatkalarga boy mahsulot sanaladi. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish xolesterinni kamaytiradi, gipertoniya bilan kurashib, immunitetni mustahkamlaydi. Uning po‘stida o‘zidan kam bo‘lmagan foydali vitaminlar mujassam bo‘ladi. Shu sababli undan shifobaxsh choy, organizmni tozalaydigan damlama tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun mayda to‘g‘ralgan po‘stloq ustiga qaynoq suv quyish va 15 daqiqadan keyin asal qo‘shsa kifoya.

Shaftoli

Shaftoli kosmetologlar uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tarkibida magniy, temir, asal, rux va organik kislota bo‘lgan shaftolining po‘sti teridagi qora nuqtalar va o‘lik epidermis hujayralarini yo‘q qilishga yordam beradi.

Bodring

Uyingizga chumolilar kirmasligi uchun bodringning artilgan po‘chog‘ini qoldiring. Ertasi kuni ko‘ngildagidek natijaga guvoh bo‘lasiz.

Sabzi

Sabzi terini yosh ko‘rsatadigan antioksidant, namlantirib oziqlantiradigan retinol va yallig‘lanishga qarshi yaxshi samara beradigan А vitamining koni bo‘ladi. Terining qarishi va ajin tushishini oldini olish uchun ushbu sabzavot po‘stini teriga qo‘yish tavsiya qilinadi. Hafta davomida bir necha marta takrorlanganidan keyin ijobiy natija sezila boshlaydi.

Kartoshka

Ko‘z ostidagi halqalardan qutilish uchun kartoshka yaxshi samara beradi. 10 daqiqaga kartoshka po‘sti qo‘yilganda ushbu mahsulot tarkibidagi enzim katexolaza terini taranglashtiradi.

Olma

Olmaning po‘stidan juda ham mazali djem tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun limon, suv va shakar ham kerak bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.