Suvchechak — alomatlari, yuqish yo’llari, davolash, asoratlari, oldini olish
O'qildi: 822
Suvchechak (lot. Varicella) — o’tkir virusli kasallik, havo-tomchi yo’l orqali yuqadi. U isitmasimon holat, butun tana bo’ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning takroran kuzatilishi kamdan-kam hollarda qayq qilinadi. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasallikka bir marta duchor bo’lishadi.
1990-yillarning o’rtalariga kelib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli hozirgi kunda kasallanishlar soni keskin kamaygan.
Kasallikka ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishidan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig’ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo’llari:
Suvchechakning inkubatsion davri 7-21 kun davom etadi. Ya’ni infektsiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan shuncha kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Boshqa belgilar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Oldin virusga duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoitlarda kasallanish xavfi ortadi:
Biroq infektsiyalanish tug’ruqdan 4-5 kun oldin sodir bo’ladigan bo’lsa, bu homila uchun og’ir asoratlar bilan yakunlanishi mumkin.
Eng samarali davo chorasi kompleks tadbirlar bo’lib, tartib, parhez, medikamentoz davolash, shuningdek xonani shamollatish, gigiena qoidalariga amal qilish, isitmani jismoniy ravishda tushirishlarni o’z ichiga oladi. Isitmali davrning butun davomida yotoq tartibiga amal qilish ko’rsatiladi. Qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlar buyurilishi mumkin.
Mahalliy terapiya bakterial zararlanishni oldini olish uchun shikastlangan teri va shilliq qavatlarni dezinfektsiyalovchi eritmalar (Kastellani eritmasi, gentsian binafsharangi, metilen ko’ki, kaliy permanganat eritmasi) bilan ishlov berishni o’z ichiga oladi. Brilliant yashili zaruriy davo chorasi hisoblanmaydi. Vezikulalarni quritish uchun sintetik taninlar, terini yumshatish va tiklanishini tezlashtirish uchun allantoin, dekspantenol saqlovchi vositalar ishlatiladi.
Isitmani tushirish uchun paratsetamol keng qo’llaniladi. Ehtimoliy asoratlari tufayli ibuprofen tavsiya etilmaydi. Aspirin va uni saqlovchi boshqa vositalar suvchechak (isitma chaqirishi mumkin bo’lgan boshqa kasalliklarda bo’lgani kabi) bilan og’rigan bolalarga berilmasligi kerak. Bu holda o’lim xavfi yuqori bo’lgan Rey sindrom rivojlanishi xavfi mavjud.
Kasallikdan so’ng terida izlar qolmasligi uchun hosil bo’lgan qobiqlarni yulib olmaslik kerak. Shu sababga ko’ra bolalar terisini qashilashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bunday hollarda ota-ona bolaning terisini yumshoq sochiq bilan yengil urib-urib qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, issiq vannalar qabul qilish, yengil va yumshoq kiyimlar kiyish tavsiya etiladi.
Virus tufayli asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud bo’lsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi.
1990-yillarning o’rtalariga kelib kasallikka qarshi vaksina kashf etilganligi sababli hozirgi kunda kasallanishlar soni keskin kamaygan.
Qo’zg’atuvchisi
Suvchechak qo’zgatuvchisi Varicella Zoster virusi bo’lib, o’lchami yirik, oddiy yorug’lik mikroskopida ko’rinadi. Kasallikning 3-4-kunidan boshlab toshmalar ichidagi suyuqlikda aniqlanadi. Virus tashqi muhitga chidamsiz bo’lib, quyosh nurlari ta’siri, qizdirish, ultrabinafsha nurlari ostida tezda nobud bo’ladi. Organizmdan tashqarida uning yashovchanligi o’rtacha 10 daqiqani tashkil etadi. Qo’zg’atuvchi 3-tip gerpes guruhi viruslariga mansub.Kasallikka ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishidan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig’ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo’llari:
- So’lak;
- Yo’tal;
- Aksa urish;
- Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish.
Alomatlari
Toshma kattaligi 2-4 mm bo’lgan qizil donachalardan iborat. Ular bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun o’tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg’ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo’ladi.Suvchechakning inkubatsion davri 7-21 kun davom etadi. Ya’ni infektsiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan shuncha kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Boshqa belgilar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Isitma;
- Bosh og’rig’i;
- Ishtaha yo’qolishi.
- Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
- Donachalar suyuqlik bilan to’lgan pufakchalarga aylanadi;
- Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo’ladi.
Xavf guruhi
Infektsiyaga qarshi immunitet mavjud yoki vaktsina olganlik suvchechak ta’sir qilishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Virusga qarshi immunitet onadan chaqaloqqa o’tishi mumkin bo’lib, bolada uch oygacha saqlanib turadi.Oldin virusga duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoitlarda kasallanish xavfi ortadi:
- Infektsiyalangan bemor bilan aloqada bo’lish;
- Maktabda yoki bolalar muassasasida vaqt o’tkazish;
- 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- Bolalar bilan yashaydigan, suvchechak bilan kasallanmagan kattalar;
- Kasallik yoki dorilar tufayli immun tizimi zaiflashgan shaxslar.
Biroq infektsiyalanish tug’ruqdan 4-5 kun oldin sodir bo’ladigan bo’lsa, bu homila uchun og’ir asoratlar bilan yakunlanishi mumkin.
Tashxislash
Agar teri ustida notanish donachalar rivojlansa va ayniqsa, toshmalar toshishi shamollash (O’RVI) yoki grippdagi kabi belgilari bilan birga kechsa, ayniqsa homilador ayollarda, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak.Shifokor suvchechakni teridagi donachalar va jismoniy tekshiruv asosida tashxislashi mumkin. Laboratoriya tekshiruvlariga esa tashxisni tasdiqlash uchun murojaat qilinadi.
Suvchechakni davolash
Suvchechakni davolash ham ambulator sharoitda (yengil hollarda), ham statsionarda (asoratlar mavjudligida) amalga oshiriladi. Asosan ko’proq dam olish tavsiya etiladi.Eng samarali davo chorasi kompleks tadbirlar bo’lib, tartib, parhez, medikamentoz davolash, shuningdek xonani shamollatish, gigiena qoidalariga amal qilish, isitmani jismoniy ravishda tushirishlarni o’z ichiga oladi. Isitmali davrning butun davomida yotoq tartibiga amal qilish ko’rsatiladi. Qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlar buyurilishi mumkin.
Mahalliy terapiya bakterial zararlanishni oldini olish uchun shikastlangan teri va shilliq qavatlarni dezinfektsiyalovchi eritmalar (Kastellani eritmasi, gentsian binafsharangi, metilen ko’ki, kaliy permanganat eritmasi) bilan ishlov berishni o’z ichiga oladi. Brilliant yashili zaruriy davo chorasi hisoblanmaydi. Vezikulalarni quritish uchun sintetik taninlar, terini yumshatish va tiklanishini tezlashtirish uchun allantoin, dekspantenol saqlovchi vositalar ishlatiladi.
Isitmani tushirish uchun paratsetamol keng qo’llaniladi. Ehtimoliy asoratlari tufayli ibuprofen tavsiya etilmaydi. Aspirin va uni saqlovchi boshqa vositalar suvchechak (isitma chaqirishi mumkin bo’lgan boshqa kasalliklarda bo’lgani kabi) bilan og’rigan bolalarga berilmasligi kerak. Bu holda o’lim xavfi yuqori bo’lgan Rey sindrom rivojlanishi xavfi mavjud.
Kasallikdan so’ng terida izlar qolmasligi uchun hosil bo’lgan qobiqlarni yulib olmaslik kerak. Shu sababga ko’ra bolalar terisini qashilashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bunday hollarda ota-ona bolaning terisini yumshoq sochiq bilan yengil urib-urib qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, issiq vannalar qabul qilish, yengil va yumshoq kiyimlar kiyish tavsiya etiladi.
Virus tufayli asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud bo’lsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi.
Asoratlari
Quyidagi hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak:- Donachalar ko’zlar atrofiga tarqalsa;
- Ular qizarib, yiring saqlasa (ikkilamchi bakterial infektsiyaning belgilari);
- Bosh aylanishi yoki nafas qisilishi kuzatilsa.
- Bolalar;
- Keksa odamlar;
- Immun tizimi zaif bo’lgan odamlar;
- Homilador ayollar.
- Bo’yning past bo’lishi;
- Kichkina bosh o’lchami;
- Ko’z bilan muammolar;
- Cheklangan intellektual salohiyat.
Oldini olish
O’ziga xos profilaktika usuli vaktsinatisya hisoblanadi. U uzoq yillar davomida saqlanib turadigan barqaror immunitet shakllantiradi. Emlash quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi:- «Okavaks» vaktsinasi: 12 oylikdan kichik bo’lgan barcha bolalar — bir marta bitta doza (0,5 ml);
- «Varilriks» vaktsinasi: 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun 6-10 hafta oraliq bilan ikki marta;
- Favqulodda profilaktika (har qanday turdagi vaktsina): aloqadan keyin dastlabki 96 soat (tavsiya etilgan muddat 72 soat) ichida 1 doza.
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.