Salomatlik Ayollar uchun Shoshilinch ravishda ta’tilga chiqish kerakligidan darak beruvchi 10 ta ogohlantirish belgisi

Shoshilinch ravishda ta’tilga chiqish kerakligidan darak beruvchi 10 ta ogohlantirish belgisi

O'qildi: 253


Shoshilinch ravishda ta’tilga chiqish kerakligidan darak beruvchi 10 ta ogohlantirish belgisi

Ushbu ro‘yxat yil davomida qancha daromad olganlikni aniqlashga yordam beradi. Agar ro‘yxatdagi bir nechta elementlar hozirgi holatingizga to‘g‘ri kelsa, dam olish haqida o‘ylash vaqti keldi.

Foto: “Domashniy ochag”

Pasportdagi rasmga o‘xshashlik

Bu, albatta, hazil, lekin unda haqiqat bor. Odamlar kamdan-kam holatda pasport uchun rasmga yaxshi tushadi va agar o‘sha rasmga tobora o‘xshashlik ortib borsa, albatta, dam olishni ortga surmaslik kerak.

Uxlashda qiyinchilik

Uyqusizlikdan aziyat chekadiganlar talaygina. Bu stress va charchoqning birinchi belgilaridan biridir. Ishdan biroz chekinib, yoqimli hordiq chiqarishning ayni vaqti.

Shaxsiy hayot ishdan aziyat chekadi

Ko‘pchilik ish bilan bo‘lib, oilaviy yig‘ilishlar, konsertlar va do‘stlaringiz bilan uchrashishni unutib qo‘yadi. Ishning bir qismini qisqartirib, yaqinlar bilan munosabatlarni tiklash vaqti keldi. Va buning uchun dam olish juda mos keladi.

Xatolarning ortib borishi

Agar siz vaqti-vaqti bilan ish jarayonida xato va kachiliklar ko‘paysa, shuningdek, rahbarlardan shikoyatlar eshitish boshlansa, miya faoliyatiga dam berish kerak. Buning uchun bir necha haftaga ta’til olish va ish haqida deyarli hech narsa o‘ylamaslik kerak.

Atrofdagilarning hazili yoqmay qolishi

Hamkasblaringizning “zararsiz” hazillari sizni bezovta qila boshladi, lekin siz odatdagi ofis hazillarini shaxsiy haqorat deb bilasizmi?Jamoa bilan munosabatlar nihoyat yomonlashguncha, siz dam olishingiz kerak.

Butun hayotni ish bilan bog‘lash

Agar barcha rejalar va oilaviy hayot ish jadvaliga moslashgan bo‘lsa, buni to‘xtatish zarur. Chunki yashash uchun ishlash kerak, aksincha emas.

Stress tufayli ichkilikka berilish

Bir haftalik ishdan so‘ng, dam olishning yomon joyi yo‘q. Ammo spirtli ichimliklarni iste’mol qilish orqali dam olish odat tusiga kirsa, ehtiyot bo‘lish vaqti keldi.

Ishtiyoqning kamayib borishi

Har doim ish bilan yonib, o‘nlab turli g‘oyalarni o‘rtaga tashlaydigan xodim dam olish kunigacha arang ishlashga harakat qilyaptimi? Buning ortidan ishtiyoq kamayib boradi va bu ish samaradorligiga ham ta’sir o‘tkazadi. Vaqtida dam olmaslikning natijasida shunday vaziyat yuzaga kelishi tabiiy.

 

Foto: “Domashniy ochag”

Dam olish kuni ko‘ngildagidek o‘tmaydi

Hafta davomida dam olish kunlari oilaviy baliq ovlashga borishni, nihoyat sport bilan shug‘ullanishni yoki bolalar bilan pirog pishirishni tasavvur qilish mumkin. Oxir-oqibat, ikki kun davomida rejalarni amalga oshirish uchun kuch qolmaganiga amin bo‘lish mumkin. Shuning uchun ham zudlik bilan ta’tilga chiqish kerak.

Faqat ish haqida o‘ylash

Uyda ish haqida gapirilmasa-da, u tinimsiz bu haqida o‘ylashi mumkin. Shuning uchun ta’tilni iloji boricha boshqa shaharlarda o‘tkazish tavsiya etiladi. Aniqsa, qo‘l telefonini o‘chirib qo‘yish yoddan chiqarmaslik kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.