Salomatlik Ayollar uchun Oq non, bodroq va 30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 mahsulot

Oq non, bodroq va 30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 mahsulot

O'qildi: 306


Oq non, bodroq va 30 yoshdan keyin iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 mahsulot

Zararli mahsulotlar har qanday yoshda ham zararlidir. Ammo 30 yoshdan so‘ng organizmdagi metabolik jarayonlar keskin ravishda sekinlasha boshlaydi va bu vaqtda ovqatlanish sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Agar inson yoshlik va sog‘liqni uzoq vaqt saqlamoqchi bo‘lsa, bu mahsulotlarni ratsiondan chiqarishi kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Yogurt

Yogurt ham boshqa sut mahsulotlari singari, albatta, foydalidir. Ammo uning xushta’m versiyalari haqida bunday deyish mumkin emas. Plastik idishga solingan mevali yogurtning bir porsiyasida taxminan 47 gramm shakar bor. Bu kun bo‘yi iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan miqdordan bir yarim baravar ko‘p.

Soya

Ko‘pchilik soya go‘shtning o‘rnini bosuvchi deb hisoblaydi. Oqsil miqdori bo‘yicha shunday bo‘lishi mumkin, lekin u eng foydali mahsulot emas. Ma’lumki, soya mahsulotlarini doimiy iste’mol qilish tanadagi yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atishi va qalqonsimon bezning funksiyasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, soya tarkibida fitoestrogenlar bor. Bu, albatta, gormonlar bilan bog‘liq.

Oq non

Afsuski, bu mahsulotdan ham voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ushbu mahsulotda uglevodlar mavjud bo‘lib, ular qondagi qand miqdorining keskin oshishiga va vazn ortishiga olib keladi. Va bunday mahsulotning ozuqaviy qiymati juda past.

Qadoqlangan sharbatlar

Qadoqlangan sharbatda mevalar uzoq vaqt turadi. U qo‘shimcha issiqlik bilan ishlovdan o‘tadi va foydali vitamin va minerallarning ko‘pini yo‘qotadi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar tayyor mahsulotga mutlaqo aqlbovar qilmaydigan miqdorda shakar qo‘shib, uning barcha mumkin bo‘lgan afzalliklarini yo‘qqa chiqaradi.

Tayyor pishirilgan mahsulotlar

30 yoshdan so‘ng prinsipial jihatdan pishiriqlarga suyanmaslik kerak yoki faqat aniq o‘lchangan ingrediyentlar bilan uyda tayyorlaganini yegan ma’qul. Xo‘sh, pishirilgan mahsulotlar do‘konda bir necha kun davomida qanday qilib yangi va yumshoq turishi mumkin?Yog‘lar, konservantlar buning uchun yordam bersa-da, salomatlik uchun zararli.

Bodroq

Bu turdagi yarim tayyor mahsulotlarda transyog‘lar mavjud. Bu moddalar miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hujayralarning o‘limiga va yallig‘lanish o‘choqlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, bodroq saraton xavfini oshiradi.

Qishloq xo‘jaligi baliqlari

Afsuski, do‘konlarda uchraydigan baliqlarning 70 foizi sun’iy ravishda yetishtiriladi. Agar ishlab chiqaruvchi yuqori sifatli nazoratga ega bo‘lmasa, mahsulotlar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.