Tashlab yuborish uvol. Yetilmagan tarvuzdan nima tayyorlash mumkin?
Ba’zida xarid qilishdan avval yaxshilab ko‘zdan kechirilganiga qaramay, uyga olib kelib kesilganidan keyin tarvuzning bemaza ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Mazasi shirin emasligi yetmagandek, yaxshi yetilmagan ham bo‘lsa yeyishga bo‘lgan xohish so‘nadi. Ammo tashlab yuborishga ham kishining ko‘zi qiymaydi. Bunday vaqtda nima qilish kerakligi haqidagi tavsiyani e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: FreepikTarvuzning ichki qismini o‘yib olib turli ichimliklar — limonad, kokteyl, po‘stidan esa murabbo tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun ichi o‘yilgan tarvuz po‘stini yashil qismidan artib tozalash kerak. Keyin esa 3,5 sm qalinlikda kesib chiqish kerak. Qaynagan suv solingan idishga solib, 10 daqiqa davomida qaynatish kerak. Alohida shakarli qiyom tayyorlab olish ham kerak bo‘ladi. Qaynab chiqqan tarvuzni qiyomga qo‘shing. 20 daqiqa qaynab chiqqanidan keyin olovni o‘chirib, 2-3 soat davomida soviting. Ta’bga ko‘ra qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stini ham qo‘shsa bo‘ladi.
Bundan tashqari, tarvuzni tuzlash mumkin. Bu jarayon xuddi bodringniki singari bo‘ladi. Buning uchun po‘sti bilan birga bo‘laklarga bo‘lingan tarvuz 3 litrli bankaga solinadi. Bir qoshiq tuz va uch qoshiq shakar solgandan keyin, 75 gramm 9 foizli sirka qo‘shiladi. Qaynagan suv solib, ustini sochiq yoki doka bilan yopib qo‘yish kerak. Bir necha kun davomida xona haroratida saqlashga to‘g‘ri keladi. Keyin esa sovitkichda muzlatib, gazak sifatida iste’mol qilsa bo‘ladi.
Manba