Salomatlik Ayollar uchun Qo‘lga superyelim yopishib qolganida asqatadigan 4 ta tavsiya

Qo‘lga superyelim yopishib qolganida asqatadigan 4 ta tavsiya

O'qildi: 432


Qo‘lga superyelim yopishib qolganida asqatadigan 4 ta tavsiya

Superyelim o‘z nomiga monand – u deyarli har qanday sirtni tez va mahkam yopishtiradi. Agar ehtiyotsizlik natijasida qo‘l terisiga tekkudek bo‘lsa, vahima qilishning keragi yo‘q. Aksincha quyidagi maslahatlardan foydalanib, ushbu noqulaylikni bartaraf etish mumkin. To‘rt usul, albatta, yordam beradi.

Foto: Live Journal

Atseton

Aksariyat yopishtiruvchi moddalar singari superyelim ham erituvchilarga sezgir. Xususan, bunda birinchi navbatda atseton – lak tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Faqat uni iloji boricha yelim yopishtirib qo‘yguncha, tezroq teriga qo‘llash kerak. Barmoqlardagi qattiq yelim qoldig‘i uchun ularni chuqur eritgichli idishga 5-7 daqiqa botirib olinadi. Namlangandan keyin yelim teridan osongina ketishi kerak.

Jarayondan so‘ng qo‘llar iliq suv va sovun bilan yaxshilab yuviladi, ularga namlantiruvchi krem surtiladi. Chunki atseton terini juda quritib yuboradi va tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin.

Tuzli suv

Agar oldingizda atseton bo‘lmasa, oddiy tuzni skrab sifatida ishlatib, superyelimni ketkazish mumkin.

Jarayon oldidan yelimni iliq suvda namlash maqsadga muvofiqdir. Barmoqlarni suyuqlikka 10 daqiqaga botirib, keyin qolgan yelimni tuz bilan ishqalash lozim. Ushbu protsedurani bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri kelishi mumkin, ayniqsa, yelim yaxshi qurigan bo‘lsa.

Jarayonni tezlashtirish uchun esa suvga bitta limon sharbati qo‘shiladi.Agar tananing suvga yetmaydigan qismlariga yelim yopishgan bo‘lsa, issiq suvda namlangan sochiqqa o‘rab olinadi.

Idish yuvish vositasi

Agar uyda tuz bo‘lmasa, idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan oddiy suyuqlik yordamga keladi. Shuningdek, kimyoviy moddalarga toqat qilolmaydigan nozik teri egalari uchun bu mahsulot asqatadi. Idish yuvish suyuqligi ham yopishtiruvchi moddalardagi molekulalarning bog‘lanishini yaxshi buzadi.

Buning uchun chuqur idishga bir stakan iliq suv quyiladi va unga 5-6 tomchi tozalovchi vosita qo‘shiladi. 5-7 daqiqa davomida yelim yopishgan joylar suyuqlikka botiriladi. Keyin barmoqlar bilan superyelim qatlami tozalanadi. Agar bu ish bermasa, qo‘llar yana suvga solinadi. Yelim teridan erkin chiqa boshlaguncha jarayon davom ettiriladi. Mahsulotning barcha zarralari olib tashlanganidan so‘ng, qo‘llarga yog‘li krem surtiladi.

Tibbiyot spirti

Barchaning uyida bo‘luvchi tibbiyot spirti dog‘larni, shu jumladan, superyelim izlarini olib tashlash uchun ishlatiladi. Spirtning erituvchi ta’siri mavjud, lekin yelim to‘liq yo‘q bo‘lishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.

Birinchidan, yelimni iliq suvda yumshatib, oddiy yoki kir sovun surtish kerak. Shundan so‘ng yelim bor joylarni spirtga namlangan paxta bilan artiladi. Kerak bo‘lsa, paxta yelim izlariga 1-2 daqiqa bosib turiladi. Yelim to‘liq yo‘qolguncha teriga surtishni davom ettirish lozim, so‘ng qo‘llarni toza suv bilan yuvish va zararlangan joylarga krem surtish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.