Djinsi kiyimlar sifatini yo‘qotmaslik uchun qanday yuvish kerak: 5 ta muhim qoida
Buyuk Britaniyaning Good Housekeeping instituti mutaxassislari djinsi matoli kiyimlarni yuvishning to‘g‘ri usuli bilan bo‘lishdi.
Foto: PinterestHar doim djinsilarni ichki tomoniga o‘giring
Bu ko‘k matoda yuvilgan oq chiziqlar va xiralashgan burmalar paydo bo‘lishining oldini oladi. Agar siz shimni kiysangiz, ertami-kechmi, albatta, paydo bo‘ladi. Bordi-yu, shkafda saqlansa hech narsa yuz bermaydi. Ammo mato yuzasidagi muammolar ancha keyin sodir bo‘ladi.
Djinsilarni konditsioner qo‘shmasdan yuving
Ajablanish mumkin. Lekin konditsioner djinsi matosini tezroq eskirishiga sabab bo‘ladi.
Eng sekin rejim bilan yuving
Nozik matolar uchun harorat va aylanish tezligi minimal darajada bo‘lishi lozim. Lekin djinsi nozik mato emas, deb o‘ylash mumkin. To‘g‘ri, odatda djinsi ish kiyimi sifatida ko‘proq kiyiladi. Ammo hamma ham oltin qazish uchun djinsi shim kiymaydi, balki ularga zamonaviy kiyim sifatida qaraydi. Shuning uchun djinsi ham nozik matolar qatoridan joy olgan.
Aytgancha, Levi Strausning oltin qazuvchilar uchun tikkan dastlabki djinsilari juda qo‘polligidan ularni ko‘rib, djinsiligiga ishonish qiyin bo‘lgan.
Kir yuvish mashinasiga juda ko‘p narsalarni qo‘ymang
Kir yuvish mashinasi barabani boshqa kiyimlar bilan qanchalik ko‘p to‘ldirilsa, djinsida shuncha ko‘p burmalar bo‘ladi.
Avtomatik quritish rejimidan foydalanmang
Djinsi kiyimlarni yengil burab siqishdan so‘ng tabiiy ravishda quritish lozim. Bu matoning mustahkamligini saqlaydi va dazmol qilishda ko‘p vaqt olmaydi.
Vahimaga tushmang
Rang o‘zgarishi djinsilar uchun odatiy holdir. Indigo bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan shimlarning rangi doimo suvga chiqadi. Bu normal, to‘g‘ri va tabiiydir. Shuning uchun ham u bilan boshqa kiyimlarni, hattoki djinsi rangidagi kiyimlarni yuvib bo‘lmaydi. Aks holda, boshqa kiyimlarning rangi o‘zgarishi shubhasiz.
Manba