Salomatlik Ayollar uchun Uchburchak, to‘rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig‘idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Uchburchak, to‘rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig‘idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

O'qildi: 386


Uchburchak, to‘rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig‘idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)

Sevimli liboslarni yangidek ko‘rinishini uzoqroq saqlab qolish uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Buning uchun kiyimda berilgan yorliqqa ko‘ra nimaga ruxsat berilgani va nima mumkin emasligini o‘rganish lozim.

Foto: Cosmopolitan

Idishda suv

Foto: Cosmopolitan

Idishdagi suv – yuvish uchun ruxsat etilgan maksimal suv harorati. Ba’zan raqamlar o‘rniga idishning ichida nuqta ham bo‘lishi mumkin. Bir nuqta – eng past, ikki nuqta – normal, uchtasi – maksimal yuvish haroratini anglatadi. Idish ostidagi bir, ikki yoki uchta chiziq matoning nozikligini ko‘rsatadi, chiziqlar qancha ko‘p bo‘lsa, rejimning eng quyisida yuvish lozim.

To‘rtburchak

Foto: Cosmopolitan

To‘rtburchakning hammasi kiyimni qanday quritish haqida. To‘rtburchak ichidagi aylana kiyimni avtomatik quritishdan foydalanish mumkinligini bildiradi. Shakl ostidagi chiziqlar esa matoning nozikligidan xabar beradi. Vertikal tasma kiyimni tik holatda quritish kerakligini anglatadi. va to‘rtburchakning yuqori qismidagi yarim doira kiyimni faqat dorlarda quritish mumkin deganidir.

Aylana

Foto: Cosmopolitan

Bu piktogramma kimyoviy tozalashni anglatadi. Ustidan chizilgan aylana, albatta, buni taqiqlaydi. Ichida harf yozilgan doira qaysi kimyoviy birikmani ishlatish kerakligi haqidagi savolga javob beradi. Bu ma’lumot kimyoviy tozalash ishchilari uchun mo‘ljallangan.

Uchburchak

Foto: Cosmopolitan

Ushbu belgi oqartirish haqida. Uchburchakdagi ikkita qiya chiziq matoni oqartirish mumkinligini ko‘rsatadi, lekin xlorsiz. Bundan farqli o‘laroq, uchburchakdagi Cl harflari xlorli oqartirgichdan foydalanishga ruxsat beradi.

O‘zingiz yoqtirgan kiyimlarga to‘g‘ri parvarish qilayotganingizni tekshirib ko‘ring.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.