Salomatlik Salomatlik Kartoshka, loviya va ehtiyotkorlik bilan me’yorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 4 mahsulot

Kartoshka, loviya va ehtiyotkorlik bilan me’yorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 4 mahsulot

O'qildi: 339


Kartoshka, loviya va ehtiyotkorlik bilan me’yorda iste’mol qilish kerak bo‘lgan 4 mahsulot

Sabzavotlar sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishning ajralmas qismidir, ammo ular gohida organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Marie Claire nashri qaysi sabzavotlarni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha deyarli har qanday maqola yoki kitobda sabzavotlar haqida bo‘lim mavjud — ular ovqat hazm qilishni normallashtirishga yordam beradi, organizmni muhim vitamin va minerallar bilan to‘yintiradi, immunitetni oshiradi va boshqa ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Shuning uchun ular har kuni iste’mol qilinadi. Biroq ular muayyan bir sharoitlarda organizmga zarar yetkazishi mumkin.

Karamguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar

Brokkoli, Bryussel karami, sholg‘om, kolrabi, salat bargi — umuman karamguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega va sog‘lom ovqatlanishning ajralmas elementlari hisoblanadi. Biroq ushbu sabzavotlarning ham xavfli tomoni bor — ular goytrogen ta’sirga ega. Ma’lum bo‘lishicha, qalqonsimon bezning yodni singdirish qobiliyatini pasaytiradi, bu esa bo‘qoq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Agar odamda qalqonsimon bezning ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, mazkur sabzavotlarni juda ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak, iloji bo‘lsa, kuniga 100 grammdan oshirmasligi lozim.

Bundan tashqari, gastrit, oshqozon yarasi, pankreatit, jigar va buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ushbu sabzavotlarni cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak. Chunki ular ovqat hazm qilish tizimini jadallashtiradi va bir qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ratsionga bu kabi sabzavotlarni kiritishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Kartoshka

Kartoshka barchaning sevib iste’mol qiladigan mahsulotlaridan biri bo‘lib, u pyure, qaynatilgan va qovurilgan holda yoki gazaklar o‘rnida iste’mol qilinadi. Shubhasiz, kartoshka juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega, ammo uni ham me’yordan ortiqcha iste’mol qilmaslik kerak. Sababi ushbu mahsulot murakkab uglevodlarga qo‘shimcha ravishda oddiylarini ham o‘z ichiga oladi va shuning uchun haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish bilan semirish xavfi ortadi.

Bundan tashqari, kartoshka tarkibida kraxmal mavjud bo‘lib, bu sabzavot oqsil bilan birlashganda, qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlardan biriga aylanadi. Natijada qalqonsimon bez va qon aylanish tizimining ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, asosiy masala qovurilgan kartoshka bo‘yicha bo‘lib, mutaxassislar katta miqdordagi yog‘da pishirilgan kartoshkani hech qanday holatda sog‘lom taom deb hisoblash mumkin emasligini eslatib turadi.

Sarsabil

Sarsabil rekord miqdordagi foliy kislotasini o‘z ichiga oladi va bundan tashqari, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, antioksidant xususiyatlarga ega va hatto asab tizimiga ta’sir qiladi, depressiv holatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo mahsulot oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadiganlar uchun ham potensial xavflidir. Chunki uning tarkibidagi kislotalar ichki organlar uchun yallig‘lanish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun gastrit, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uni iste’mol qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishi kerak.

Bundan tashqari, sarsabil qonni suyultiruvchi dori-darmonlarni qabul qiladiganlar uchun ham mumkin emas, sababi mahsulot qon ivishiga hissa qo‘shadigan K vitaminiga boy. Shuning uchun antikoagulyantlar va sarsabilni birgalikda iste’mol qilish trombotik asoratlarga olib kelishi mumkin.

Qovoqcha

Qovoqcha eng zararsiz mahsulotlardan biri bo‘lsa-da, lekin uning ham qaysidir organlar uchun nojo‘ya ta’siri mavjud. Ya’ni bu sabzavotlar ko‘p miqdorda kaliyni o‘z ichiga oladi va shuning uchun surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan odamlar tomonidan mahsulotni ortiqcha iste’mol qilish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekadiganlar qovoqchani ratsionga kiritishdan avval mutaxassislar bilan maslahatlashgani ma’qul. Bunday tashxislar bilan mahsulotni pishirilgan holda cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak, chunki uning tarkibida oshqozon-ichak trakti a’zolarining devorlarini tirnash xususiyatiga ega elementlar mavjud.

Yashil pomidor

Yashil pomidorning yuqori miqdorida jiddiy zaharlanish va hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan solanin, alkaloid mavjud. Shuning uchun uni iste’mol qilishda me’yorga alohida e’tiborli bo‘lish kerak. Ammo ularni pishirish xavfli moddalar darajasini normal qiymatlarga kamaytiradi va shu tufayli yashil pomidorlarni pishirilgan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, ushbu mahsulot tarkibida ko‘p miqdorda kislotalar mavjud bo‘lib, ular oshqozon-ichak trakti organlarining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Qizil loviya

Qizil loviya juda to‘yimli mahsulot bo‘lib, ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, ammo u podagra bilan og‘rigan odamlar uchun mumkin emas. Shuningdek, loviya ovqat hazm qilish traktining buzilishi bo‘lgan odamlar uchun ham ko‘p tavsiya etilmaydi, chunki u hazmi qiyin mahsulot hisoblanadi va ichki organlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yana bir muhim jihat shundaki, xom loviya fazin va fazaolunatit(toksik moddalar)ning yuqori miqdori tufayli zaharlanishga olib keladi va shuning uchun bu mahsulotni ovqatdan oldin suvda ivitish yoki uzoqroq qaynatish kerak.

Mavzuga doir:

  • Sirka, zanjabil, bodring va salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan boshqa detoks mahsulotlar
  • Iste’mol qilish xavfli bo‘lgan 5 ta yarim tayyor muzlatilgan mahsulot
  • Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan 7 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.