Salomatlik Salomatlik Har kuni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 9 ta mahsulot

Har kuni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 9 ta mahsulot

O'qildi: 357


Har kuni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 9 ta mahsulot

Bolalikdan boshlab hammaga sabzavotlarning foydalari haqida aytiladi va bugungi kunda ham bu mahsulotlar xavfsiz hisoblanadi. Ammo aslida hamma narsa biroz boshqacha bo‘lishi mumkin. Ba’zi sabzavotlar pishirish usuliga qarab, sog‘liq uchun potensial xavfni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, agar sabzavotlar tuz bilan qovurilsa, ularning foydalari haqida gapirishning hojati yo‘q. Boshqa hollarda, ba’zi ekinlarni yetishtirishda pestitsidlarning qo‘shilishi odatiy holdir, shuning uchun ratsionni tuzishda ularning ayrim xususiyatlarini inobatga olish kerak. Marie Claire nashri har kuni iste’mol qilish organizmga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sabzavotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Marie Claire

Selder

Shunchaki selder iste’mol qilish orqali kaloriyalarni sarflash mumkin, degan fikrga qaramay, ozuqaviy moddalarga ega bo‘lmagan bu ko‘kat barcha o‘ylagandek sog‘lom emas. U doimiy ravishda pestitsidlarning miqdori bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi — AQSH Qishloq xo‘jaligi Departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, selderda uning 68 tagacha turi topilgan.

Ismaloq

Bu mahsulot ham deyarli selder bilan bir xil. Ismaloq an’anaviy ravishda eng foydali ko‘katlardan biri hisoblanadi, chunki u A va K vitaminlariga boy va saratonga qarshi xususiyatlarga ega. Biroq, ismaloqda ham ellikka yaqin pestitsid turi xavfi tug‘dirishi mumkin.

Brokkoli

Brokkoli sog‘liq uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararli emas, lekin u qorinni dam qiladi. Brokkolini shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ushbu sabzavotni salat yoki taomlarga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Bryussel karami

Brokkoli singari Bryussel karami gaz to‘playdigan va meteorizmning kuchayishiga olib keladigan sabzavotdir. Bu uning tarkibidagi rafinoz va sulfatga bog‘liq. Rafinoz trisaxarid bo‘lib, u hazm bo‘lmaydi va fermentlanadi.

Makkajo‘xori

Makkajo‘xori ko‘pincha juda ko‘p yog‘ va tuz bilan pishiriladi, bu sog‘lq uchun yaxshi emas, lekin bu sabzavotning asosiy muammosi ham emas. Makkajo‘xori iste’mol qilinganda, organizm ilgari bilmagan oqsillarga duch keladi. Bu allergiyaga qadar yuqori sezuvchanlikka olib kelishi mumkin.

Bulg‘ori qalampiri

Bulg‘ori qalampiri, kartoshka va baqlajon kabi sabzavotlarni tez-tez iste’mol qilish yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu orqali juda jiddiy asoratlar paydo bo‘ladi: yurak kasalliklari, saraton va qandli diabet kabilar. Biroq, tadqiqotlar hali to‘liq yakunlangan emas, shuning uchun agar ularni iste’mol qilganda, o‘zgarishlar sezilmasa, davom etish mumkin.

Kartoshka

Kartoshkada juda ko‘p kaliy va C vitamini mavjud bo‘lsa-da, u odatda po‘stidan tozalanadi, bu esa tayyor mahsulotdan kletchatkani chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, kartoshka ko‘pincha tuz bilan qovuriladi, bu esa sabzavotning har qanday ozuqaviy qiymatini deyarli yo‘q qiladi. Agar kartoshka frini har kuni iste’mol qilsangiz, bu salomatlikda bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.

No‘xat

Kartoshka va makkajo‘xori kabi no‘xatda ham kraxmal ko‘p. U glyukozaga boy mahsulot hisoblanadi va uni muntazam iste’mol qilish kilogramm ortishi, qonda shakarning ko‘payishi va haddan tashqari ochlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa no‘xat bilan vazn yo‘qotishga harakat qilmaslik yaxshiroq ekanini anglatadi.

Baqlajon

Baqlajon go‘sht o‘rnini bosuvchi ajoyib vositadir. U boshqa ingredientlarning xushbo‘yligi va turli xil ta’mini osongina o‘zlashtiradi. Afsuski, bu xususiyatning ham salbiy tomoni bor: baqlajon shimgich kabi xususiyatga egaligi sababli, u nafaqat ta’mni, balki barcha yog‘, kaloriya va natriyni ham o‘zlashtiradi. Umuman olganda, baqlajondan voz kechish oson emas, lekin uni tayyorlash usuliga rioya qilish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Asta-sekin vazn ortishiga sabab bo‘ladigan 6 ta mahsulot
  • Nozik muammo: Qabziyatning oldini olishda yordam beradigan 8 ta mahsulot
  • Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot
  • Quyosh parhezi: Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.