Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin? Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot
Harakatsiz turmush tarzi va noto‘g‘ri ovqatlanish ko‘pincha inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muvozanatli ovqatlanish va to‘g‘ri miqdorda oqsil, yog‘ va uglevodlardan foydalanish ichaklarning faoliyatini yaxshilashga va metabolizm tezligini oshirishga yordam beradi. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ovqat hazm qilish jarayoni me’yorda bo‘lishi uchun iste’mol qilinishi zarur bo‘lgan eng oddiy mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
Foto: PinterestQora shokolad
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanShirinlikni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib yangilik!Mutaxassislarning fikricha, qora shokolad inson salomatligi uchun foydalidir. Shuni ta’kidlashni kerakki, shokoladda kakao ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning foydasi shuncha yuqori. “Polifenollarga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish ham qon bosimi va xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi”, — deydi diyetologlar.
Donli mahsulotlar
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanHar bir uyda mavjud bo‘lgan bu juda oddiy, ammo to‘yimli mahsulotlar foydali bakteriyalarning o‘sishi va faolligini rag‘batlantiradigan prebiotiklarning ajoyib manbaidir.
Zig‘ir urug‘lari
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanOvqat hazm qilish murakkab jarayondir. Shuning uchun ichak shilliq qavatini tiklashga yordam beradigan sog‘lom taomlarni iste’mol qilish kerak. Misol uchun, zig‘ir urug‘lari omega-3 ning manbai bo‘lib, ular metabolizmni yaxshilashga yordam beradi.
Suli yormasi
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanKam glyutenli suli yormasi murakkab uglevodlarning asosiy manbai hisoblanadi. “Ko‘plab boshqa yormalardan farqli o‘laroq, suli ichak muammosi bo‘lgan odamlarga ijobiy ta’sir o‘tkazadi”, — deb ta’kidlaydi diyetologlar.
Kefir
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanKefir ichakdagi zararli moddalar miqdorini kamaytirishga yordam beradigan foydali bakteriyalarning manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, oddiy sutdan farqli o‘laroq, kefir laktozani yoqtirmaydigan odamlarning organizmida hazm jarayoniga yordam beradi.
Mavzuga doir:
- Quyosh parhezi: Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot
- Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak?Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq
- Bodom, loviya va qovoq urug‘i: Sinkka boy bo‘lgan 13 ta mahsulot
Manba