Salomatlik Ayollar uchun Limon bartaraf eta oladigan uydagi muammolar

Limon bartaraf eta oladigan uydagi muammolar

O'qildi: 312


Limon bartaraf eta oladigan uydagi muammolar

Limondan tayyorlangan mazali salat va ichimliklar orqali organizm uchun kerakli vitaminlarni olish mumkin. Lekin sitrusning yana bir qancha foydali tomonlari bor, undan mohirona foydalanish sirlari bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Mikroto‘lqinli pech hidini tozalaydi

Limon mayda to‘g‘ralib, idishga solinadi va ustiga suv quyiladi. Mikroto‘lqinli pech maksimal darajada yoqiladi va ichi bug‘languncha kutiladi. So‘ngra o‘chirib, ochilmagan holda 15 daqiqaga qoldiriladi. Keyin mikroto‘lqinli pechning ichki qismini bir marta ishlatiladigan toza mato bilan artib olinadi.

Kiyimlardan dog‘ni ketkazadi

Bu usul hatto eski yoki nozik matolar uchun ham mutlaqo xavfsiz. Dog‘li hudud bir bo‘lak limon bilan namlanadi, tuz sepiladi va 30 daqiqa davomida yarimta limon bilan yopiladi. Keyin iliq suv va sirka bilan yuvib tashlanadi.

Zang dog‘ini olib tashlaydi

Bu ham yuqoridagi usul bilan bir xil: tuz va limon. Lekin limon sharbati quyoshda quritilishi kerak. Zang yo‘qolguncha jarayon bir necha marta takrorlanadi.

Xromli texnik vositalarni tozalaydiBuning uchun bor-yo‘g‘i limon bilan artiladi va quritiladi. Natijasi ajoyib!

Kiyimlarda ter dog‘ini bartaraf etadi

Bunday kiyimni yuvishga tashlamasdan oldin ter dog‘i mavjud sohani limon sharbati yoki sirka bilan ishqalash lozim.

Yovvoyi o‘tlarni yo‘qotadi

O‘simliklarga limon sharbati sepiladi va begona o‘tlar quriydi. Ularga suv quyilmaydi, natijada yo‘qoladi.

Havoni tozalaydi

Limon va yoqimli bo‘lgan ziravorlar bilan qaynatib olinadi. Sovitilgach, sepiladigan idishga quyib, havoni xushbo‘ylantirish uchun foydalanish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.