Quymoqning mazali va shishib chiqishiga yordam beradigan 10 tavsiya
Nonushta yoki tamaddi uchun pishiradigan quymog‘ingiz mazali chiqishi uchun mahsulotlarning qandayligidan tortib, jarayonning qanday kechishigacha e’tiborli bo‘lish kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Harorat bir xil bo‘lsin
Quymoqlarning kutilganidek chiqmasligiga mahsulotlar haroratining turliligi sabab bo‘ladi. Mahsulotlarning issiq va sovug‘ini bir-biri bilan aslo aralashtira ko‘rmang. Tuxum va sutni sovitkichdan olib xona haroratida ilishini kuting.
Ortiqcha aralashtirib yubormang
Mahsulotlarni haddan ortiq aralashtirib yubormang. Qancha ko‘p aralashtirilsa, undan shuncha ko‘p glyuten ajraladi. Bu esa quymoqning cho‘zilib pishishiga olib keladi.
Mahsulotlarni ikkiga ajrating
Quruq va suyuq mahsulotlarni alohida aralashtirish keyin esa bir-biriga qo‘shish kerak. Suyug‘ini kam porsiyadan qurug‘iga qo‘shing.
Aralashmaning quyuq-suyuqligiga e’tibor bering
Tayyor aralashmadan foydalanadigan bo‘lsangiz suyuqlikni barchasini birdaniga to‘kib yubormang. Xamir haddan ortiq suyuq bo‘lib qolsa, tovada aylantirish oson bo‘lmaydi.
Tovani qizdirishni unutmang
Shoshilmasdan tovani yaxshilab qizishini kuting. Aks holda xamir sariyog‘ni o‘ziga ko‘p singdirib olishi bu esa yog‘li chiqishiga olib keladi. Tovaning hozirligini bilish uchun unga bir qoshiq aralashma solib tekshirib ko‘ring.
Unsiz quymoq tayyorlaganda nimalarga e’tibor berish kerak?
Nonsiz quymoq tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qolgan mahsulotlarning yetarlicha yopishqoq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu ezilgan banan, suli yormasi, grechka uni va hatto yong‘oqli pasta bo‘lishi mumkin.
Mineral suv qo‘shing
Mazkur ichimlik xuddi razrixlitel singari xamirni shishib, yumshoq chiqishiga hissa qo‘shadi.
Tuxumni oqini alohida aralashtiring
Quymoq shishib, ammo shu bilan birga yumshoqqina bo‘lib chiqishini istasangiz, tuxum oqini alohida ko‘pirtirib oling.
Sariyog‘dan foydalanmang
Sariyog‘ boshqa yog‘larga nisbatan tez qizib ketadi. Undan foydalanadigan bo‘lsangiz, oshxonada tutun va quymoqda qora dog‘lar paydo bo‘lishiga tayyor bo‘ling.
Ustini bosmang
Pishish jarayonida tovada turgan quymoq ustini bosa ko‘rmang. Aks holda pachoq bo‘lib pishishi mumkin.
Manba