Salomatlik Ayollar uchun Oddiy va samarali tavsiya: xurmodagi taxir ta’mni qanday yo‘qotish mumkin?

Oddiy va samarali tavsiya: xurmodagi taxir ta’mni qanday yo‘qotish mumkin?

O'qildi: 335


Oddiy va samarali tavsiya: xurmodagi taxir ta’mni qanday yo‘qotish mumkin?

Yetilmagan xurmodan taxir ta’m keladi. Bunga ushbu meva tarkibidagi modda – tanin sabab bo‘ladi. Pishgan xurmo odatda yorqin olovrang yoki to‘q jigarrang bo‘ladi. Po‘stida jigarrang chiziqlar qancha ko‘p bo‘lsa, meva shunchalik mazali bo‘ladi. Ammo bir necha usullar orqali undagi taxir ta’mni yo‘qotish mumkin.

Foto: “Farmilon.ru” 

Muzlatish

Mevani muzlatkichga qo‘yish eng yaxshi usul hisoblanadi. Muzi tushganidan keyin taxir ta’m ham yo‘qoladi. Ammo muzlatilganda xurmo tarkibidagi ozuqaviy moddalarning yarmi yo‘qolishini unutmaslik kerak.

Issiq suvga solish

Shuningdek, xurmoni issiq suvga solsa ham bo‘ladi. Bunda meva tarkibidagi tanin parchalanib ketadi. Suv qancha issiq bo‘lsa, uni suvda shuncha kam ushlash kerak. Ammo suv qancha issiq bo‘lsa, meva shuncha jelesimon bo‘lib qolishi mumkinligini unutmaslik lozim.

Yetilishini jadallashtirish

Buning uchun yetilmagan xurmoni banan yoki olma bilan bitta paketga solib qo‘yish kerak. Ulardan xurmo yetilishini jadallashtiradigan etilen gazi ajraladi.

Quritish

Shuningdek, xurmoni kesib, quritish uchun qo‘ysa ham bo‘ladi. Bunda taxirligi ketib, shirin bo‘lib qoladi. Shuningdek, pech eshigini biroz ochib qo‘yib, past haroratda ham quritish mumkin.

Xurmo asosan kuzda pishib yetiladi. Xiliga qarab uning rangi to‘q sariq yoki yorqin qizildan jigarranggacha, shakli ham turlicha bo‘lishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.