Faqatgina tishlar uchun emas: Tish pastasidan yana qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
Tish pastasi faqatgina tishlarni tozalaydi deb o‘ylaganlar quyidagi ma’lumotlardan keyin fikrini o‘zgartirishi aniq.
Foto: “Domashniy ochag”Zargarlik buyumlarini tozalaydi
Zargarlik buyumlarini tozalash uchun alohida tozalash vositasi sotib olishga hojat yo‘q. Buning uchun biroz namlangan taqinchoq ustiga tish pastasi surtib, cho‘tka bilan ishqalang. Qarabsizki, natijadan ko‘zingiz quvnaydi.
Jo‘mraklarni “yaltiratadi”
Aslida jo‘mraklarni sirka va soda bilan ham “yaltiratish” mumkin. Ammo tish pastasi ham undan kam ish bermaydi. Buning uchun nam gubkaga surtilgan pasta bilan yaxshilab ishqalash kifoya qiladi.
Chinni idishdagi choy va qahva
Ichimlik sodasi yo‘q vaqtda tish pastasi yordamida chinni idishdagi choy va qahvadan qolgan dog‘ni ketkazishingiz mumkin.
Ko‘zgudagi kosmetik vositalar dog‘ini ketkazadi
Pomada, tonal krem, pudradan qolgan dog‘ni ketkazish uchun pasta surtilgan paxtadan foydalaning.
Sarimsoq piyoz va piyoz hidini bartaraf qiladi
Pichoqda qolgan sarimsoq piyoz va piyoz hidini bartaraf qilish uchun tish pastasini surtib yuvish tavsiya qilinadi.
Mebeldagi markerdan qolgan izni yo‘qotishga yordam beradi
Mebeldagi marker izini ketkazish uchun pastani salfetkaga surtib arting.
Poyabzalni oqartiradi
Kirlangan krossovka yoki boshqa oq rangni poyabzalni tish pastasi yordamida tozalang. Oyoq kiyimingiz oppoq va yangidek ko‘rinadi.
Manba