Salomatlik Ayollar uchun Ozish uchun makaronni qanday tayyorlash kerak? Parhezga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartiradigan noodatiy tavsiya

Ozish uchun makaronni qanday tayyorlash kerak? Parhezga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartiradigan noodatiy tavsiya

O'qildi: 264


Ozish uchun makaronni qanday tayyorlash kerak? Parhezga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartiradigan noodatiy tavsiya

Makaron haqida gap ketganda nima uchundir ko‘pchilik vazn ortishi haqida o‘ylaydi va ozmoqchi bo‘lgan odam eng birinchi bo‘lib pasta va lapshalarni ratsiondan chiqarishga urinadi. Sarvqomat bo‘lishni istaganlar uglevodlardan cheklanishni afzal bilishiga qaramay, aslida hammasi boshqacharoq. BBC makaronlar bilan bog‘liq eksperiment o‘tkazgan. Uning doirasida ishtirokchilarga har kuni bir xildagi makaron yeyishga ruxsat berilgan. Birgina farqi — ayrim kunlarda makaronlar yangi tayyorlangan, boshqa kunlari sovuq yoki isitilgan bo‘lgan. Natijada isitilgan makaronlar qondagi qand miqdorini keskin ko‘paytirib yubormasligi aniqlangan. Xulosa qilib aytish mumkinki, bu ozmoqchi bo‘lganlar uchun eng yaxshi variant.

Foto: Elle

Qanday ish beradi?

Oddiy usul bilan pishirilgan makaron tarkibidagi kraxmal qonda insulin miqdorini ko‘tarilishiga olib keladi. Ammo pasta soviganidan keyin kraxmalning tuzilishi o‘zgaradi. Bunga nisbatan turg‘un kraxmal deb ta’rif beriladi va organizmning fermentlari bilan parchalanish o‘rniga qorinni uzoq vaqt to‘q tutib, qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradigan kletchatkalar hosil bo‘ladi.

Bunday pasta ozish jarayonida yordam beradi. Insulinning barqaror darajasi tufayli yog‘ erishi bloklanmaydi, qolaversa, parhez vaqti pasta iste’mol qilish ruhiy holatga ham ijobiy ta’sir qiladi. Asosiysi, oldindan tayyorlangan pastani sovitib, keyin qayta isitish kerakligini esda tutish kerak. Ushbu tavsiya boshqa kraxmalli mahsulotlar — guruch va kartoshkali taomlarga ham taalluqli.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.