Salomatlik Ayollar uchun Uy uchun atir: xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?

Uy uchun atir: xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 294


Uy uchun atir: xonadondan hamisha xushbo‘y hid taralib turishi uchun nima qilish kerak?

Uyning doimiy hidi ichkarida bilinmasligi mumkin, lekin tashqaridan kirgan odam uchun bu aniq seziladi. Buning oldini olish uchun yoqimsiz hidning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini yo‘q qilish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Qaynatilgan suv

Oddiy va samarali layfxak: sitrus meva, lavanda va yalpizni suvga solib, qaynatiladi. Natijada aralashmaning yoqimli ifori butun uy bo‘ylab tarqaladi.

Yangi ifor

Qaynayotgan suvga har qanday mahsulotlarni qo‘shish mumkin: dolchin, quritilgan olma yoki hidi yoqimli bo‘lgan boshqa mahsulotlar. Tanlov har kimning o‘ziga bog‘liq.

Foto: “Domashniy ochag”

Santexnikaning tozaligi

Rakovina quvurining tiqilib qolishi ko‘pincha oshxonada yoqimsiz hidlarning koni hisoblanadi. U bilan kurashishning eng samarali usuli, albatta, quvurlarni o‘z vaqtida tozalashdir. Bunda limonli sovun vaqtincha yordam berishi mumkin: quvur ichiga bir bo‘lak sovun qo‘yib, suv oqiziladi.

Xushbo‘y hidli shamlar

Xushbo‘y shamlarni yoqishning hojati yo‘q, shunchaki ularni odatda yoqimsiz hid kelayotgan joyga – choyshab yoki shkaf ichiga qo‘yish mumkin.

Xonaki gullar

Ular uyni bezatibgina qolmay, balki undagi havoni ham tozalaydi. Geran, jasmin, evkalipt, gortenziya, orhideya iforlari eng yaxshi tanlov.

Avtomobil havosini tozalash vositasi

Undan foydalanish mashinada bo‘lgani kabi bir xil: vosita ventilyatsiya panjarasiga joylashtiriladi. Natijada uyga yoqimli hid tarqaladi.

Mazali pishiriqlar

Yangi pishirilgan qandolat mahsulotlarining xushbo‘y hidiga hech narsa teng kelmaydi, bu pechni yoqish uchun ham qo‘shimcha rag‘batdir. Dolchinli bulochka yoki bananli nonlar uy uchun eng yaxshi ifordir.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.