Salomatlik Ayollar uchun Tezda va tiniqib uxlashga yordam beradigan foydali maslahatlar

Tezda va tiniqib uxlashga yordam beradigan foydali maslahatlar

O'qildi: 329


Tezda va tiniqib uxlashga yordam beradigan foydali maslahatlar

Uyqu bilan bog‘liq muammolar nafaqat salomatlik, balki kayfiyatda ham o‘z aksini topadi. AdMe nashri buning oldini olishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.

Foto: AdMe

Soatni ko‘zga tashlanadigan joydan chetga olib qo‘yish

Uyqudan avval soatga nazar tashlash odat bo‘lib qolgan, ammo bu aksariyat hollarda stress keltirib chiqarishi, uyqu sifatini yomonlashtirishi mumkin. Hatto xonadan tashqariga chiqarib tashlashingiz yoki soat siferblati ko‘rinmaydigan qilib, boshqa tomonga o‘girib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

Choyshablarni tez-tez yangilab turish

Yangi yuvilgan choyshabdan yaxshi hidlar kelib turishi uyquning yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Ularni hafta davomida kamiga bir marta yuvish, yuzdagi yog‘ va ter ajralishi sabab ham yostiq jildlarini tez-tez almashtirib turish kerak.

Uyqudan avvalgi odatlar

Bajariladigan mayda odatlar miyaga uxlash vaqti kelganligi haqida signal beradi. Bir stakan iliq suv ichish, vanna qabul qilish, tinchlantiradigan musiqa tinglash bu borada sizga yordam berishi mumkin.

Uyqudan avval xonani tartibga keltirish

Xonaning tartibsiz ekani uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotlarda atrofi tartibsiz bo‘lgan kishilarning uyqusida muammolar ko‘p bo‘lish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Gap shundaki, xonaga kirganda ko‘zimiz tushadigan manzara uxlash jarayoniga ta’sir qilishi mumkin.

Telefonni qo‘lingizga olmang

Tadqiqotlardan birida ishdan boshqa vaqtda elektron xatlarning kelishini kutish jarayoni ham tinchlikning buzilishi va stressga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Har bir kelgan yangi xabar, biron qaror qabul qilish kerakligini bu esa tabiiyki, miya faol bo‘lishini talab qiladi. Aynan shu sabab ham mutaxassislar vaqtni ongli ravishda taqsimlash kerakligini ta’kidlaydi.

Yostiq tanlash

Qorin bilan uxlaydiganlarga yumshoq va ingichka yostiq tanlashingiz yoki bo‘yin og‘rimasligi uchun yostiqsiz uxlashingiz mumkin. Osmonga qarab uxlash umurtqa pog‘onasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Uyqu kelmasa, yarim soat kutib keyin urinib ko‘rish kerak

Agar uyqu kelmasa, taxminan 30 daqiqa boshqa narsa bilan chalg‘ib keyin uxlashga harakat qilib ko‘rish kerak. Kitob o‘qish, musiqa tinglash davomida uyqu kelishi mumkin.

Paypoq kiyish

Oyoq muzlaganda uxlash qiyin bo‘lishi mumkinligi sabab ham ayrim odamlarga paypoq kiyish tavsiya qilinadi. Paypoq yumshoq va havo o‘tkazadigan, shuningdek, oyoqni issiq tutadigan bo‘lishiga e’tibor berish kerak.

Kunduzi ortiqcha uxlab yubormaslik

Qisqa va doimiy bo‘lmagan kunduzgi uyqu chindan ham odamning tetiklashishga hissa qo‘shishi mumkin. Ammo uning 30 daqiqadan ortib ketishi ogohlikni kamaytirib, ish samaradorligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Aynan shu sabab ham kun o‘rtasida 10 daqiqa uxlagan ma’qul.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.