Bir kunda qancha shakar iste’mol qilsa bo‘ladi?
Organizmda salomatlik bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishining oldini olish uchun qancha miqdorda shakar iste’mol qilish kerakligi haqida Elle nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: FreepikShakarning to‘g‘risini tanlang
Shakarning qo‘shimchasi va tabiiysi o‘rtasidagi farqni bilish kerak. Yaxshisi, asal va qiyomlarni iste’mol qiling. Masalan, mikroelement va kletchatkalarning koni hisoblangan xurmo shokolad va konfetlarning o‘rnini bosishi mumkin. Oq shakardan voz kechib, uning o‘rniga qiyom iste’mol qilish, shakar qo‘shiladigan mahsulotlardan ham cheklanish kerak.
Me’yorni biling
Kun davomida odam o‘rtacha 19 qoshiq shakar iste’mol qilishi kerak. Bu taxminan 300 kaloriyaga boy kechki ovqatga teng. Shakarga boy mahsulotlarni kanda qilmaslik vaziyatning nazoratdan chiqishiga olib keladi.
Kun davomida qancha shakar yeyish mumkin?
Kun davomida qancha shakar iste’mol qilish kerakligi haqida biror narsa deb bo‘lmaydi. Organizmning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, hammaning shakar iste’mol miqdori turlicha bo‘ladi. Ammo nima bo‘lganda ham, me’yorni bilish, tiyilish kerak.
Amerika kardiologiya ittifoqining ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha shakarning maksimal darajasi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- erkaklar — kuniga 150 kaloriya(37,5 yoki 9 choy qoshiq);
- ayollar — kuniga 100 kaloriya(25 g yoki 6 choy qoshiq).
Manba