Salomatlik Ayollar uchun Ta’tilni mazmunli o‘tkazamiz: Bolalar o‘rtasidagi janjallarning oldini olishga yordam beradigan maslahatlar

Ta’tilni mazmunli o‘tkazamiz: Bolalar o‘rtasidagi janjallarning oldini olishga yordam beradigan maslahatlar

O'qildi: 279


Ta’tilni mazmunli o‘tkazamiz: Bolalar o‘rtasidagi janjallarning oldini olishga yordam beradigan maslahatlar

Bolalar uyni boshiga ko‘targanda, ona-otalar o‘zlariga tinch joy topa olmaydi. Ayniqsa, qishki ta’tilda. Psixolog Yekaterina Tixonovadan ushbu holatda ota-ona nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z tavsiyalarini ma’lum qildi.

Foto: Wday

Sabrli bo‘ling

Farzandlar o‘rtasidagi tortishuvlar odatiy holdir. Yosh farqi qanchalik kichik bo‘lsa, kelishmovchilikning sabablari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tortishuv paytida bolalar bir-biri bilan muloqot qilishni, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishni va murosaga kelishni o‘rganadi.

Janjalga aralashmang

Ko‘pincha, ota-onalar mojaroli vaziyatlardan qo‘rqib, bolalarning janjaliga aralashadi. Kichkina munozarachilar buni o‘zlari hal qilishi kerak. Bir marta aralashish kifoya va shundan so‘ng bolalar eng kichik kelishmovchilikda ham yordam so‘rashga o‘rganadi. Keyinchalik bu katta muammolarni keltirib chiqaradi. Ota-onaning ishtiroki faqat vaziyat keskin bo‘lsa va janjal kattalashib ketsagina kerak bo‘ladi. Oiladagi barcha kattalar, shu jumladan, bobo-buvilar ham mojaroga bir xil munosabatda bo‘lishiga o‘rganishi lozim.

Neytrallikni saqlang

Bir bolaning tarafini olib, ikkinchisiga qandaydir tarzda bosim o‘tkazish tabiiy hol. Ammo ikkinchi bola o‘zini keraksiz, kamroq sevilishini his qilishi mumkin. Yoshni bahona qilish yaxshi emas, shuningdek,“sen kattasan, tushunishing kerak”, degan iborani unutish kerak. Ayniqsa, janjal qilganlarni majburan yarashtirishga urinish tavsiya etilmaydi va ularni kechirim so‘rashga majburlamaslik lozim.

O‘zingizning aralashmaslik pozitsiyangizni tushuntiring

Agar bolalar ota-onani doimiy ravishda mojaro markaziga sudrab borsa, taslim bo‘lmaslik lozim. Bolalarning vaziyatni mustaqil ravishda hal qilish qobiliyatini yo‘qqa chiqarmaslik kerak. Aytgancha, agar suhbat davomida ota-ona bolalar bilan bir xil tarzda o‘tirsa, fikrni yetkazish osonroq bo‘ladi.

Har bir janjaldan keyin sabablarni muhokama qiling

Buni faqat bolalar allaqachon tinchlanganda qilish kerak. Har bir bolani tinglash, his-tuyg‘ularini so‘z bilan ifodalashga yordam berish tavsiya etiladi. Bu bolalarning his-tuyg‘ularini boshqarishga va bir-birlarini  hurmat qilishga o‘rgatadi.

Yordamchi vositalar

Bolalar qiyin vaziyatga tushib qolganda tanlangan hikoyalarni o‘qishni taklif qilish mumkin. Agar buni xohlamasalar, turli multfilmlar ham bolajonlarga yordam beradi.

Profilaktika choralari

Qoidalarga rioya qilish orqali nizolarning oldini olish mumkin:

  • har bir bolaning o‘z burchagi – hech bo‘lmaganda stoli va shaxsiy buyumlari bo‘lishi kerak. Masalan, u hech kim bilan baham ko‘rmaslik huquqiga ega bo‘lgan o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar kabi.
  • har bir bolaga haftada kamida yarim soat vaqt berilishi kerak. Bu shaxsiy muloqotga ishora qiladi.
  • bolalarni solishtirmang. Hatto maqtov ham bolalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin, “Akang(singling)da nimadir noto‘g‘ri, sen ajoyib ish qilyapsan”, degan iborani unutish lozim. Biriga misol qilib, ikkinchisining sa’y-harakatlarini qadrsizlantirish natijasida ular o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarish mumkin. Boshqalar ham bunday qilishiga yo‘l qo‘ymasligiga harakat qilish kerak.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.