Salomatlik Ayollar uchun Oshxonani ikki daqiqa ichida yog‘dan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar

Oshxonani ikki daqiqa ichida yog‘dan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar

O'qildi: 290


Oshxonani ikki daqiqa ichida yog‘dan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar

Taom tayyorlanganda, albatta, yog‘ har tomonga sachraydi. Qozon va boshqa idishlarning qopqog‘i bo‘lsa-da, ulardan doim ham foydalanilmaydi. Ammo oshxonani yog‘lardan atigi 2 daqiqa ichida tozalashning imkoni bor.

Foto: “Domashniy ochag”

Birinchi qadam: yog‘ sachragan joylardan barcha buyumlar olib tashlanadi

Gaz atrofi kamroq yog‘ va chang to‘playdi. Choynak, shakar idishi va boshqa narsalarda yog‘lar qancha kam bo‘lsa, tozalash ishlari shuncha oson bo‘ladi. Faqat pechning atrofi tozalanadi.

Ikkinchi qadam: darhol yog‘li hudud tozalanadi

Bunda qog‘oz sochiqlar yaqindan yordam beradi. Barcha yog‘ dog‘lari issiqligida artib tashlash vaqt o‘tib, ular qotib qolganga qaraganda ancha oson. Xuddi shu holat tova va qozonlarning tashqi tomonida ham qo‘l keladi. Agar ular vaqtida tozalanmasa, taom pishirilganda yog‘larning kuygan hidi xona bo‘ylab tarqalaveradi.

Gaz panjarasini ham imkon qadar tez-tez, ayniqsa, taom tayyorlangandan keyin kechiktirmasdan tozalash lozim. Aks holda panjaraga yopishib ketgan yog‘larni tozalash bir qancha qiyinchilik tug‘diradi.

Yog‘ qatlami qalin bo‘lsa, qog‘oz sochiqni yirtib ishlatishning keragi yo‘q. Shunchaki uni o‘rami bilan dog‘ ustida ishqalash mumkin. Yog‘ qatlami ketgach, qog‘oz sochiqning yaroqsiz qatlami olib tashlanadi.

Uchinchi qadam: qolgan dog‘larni olib tashlanadi

Oddiy yog‘ tomchilari uchun bir stakan suvga bir tomchi idish yuvish suyuqligi qo‘shiladi. Gubka yoki bir marta ishlatiladigan mato bilan yuviladi va bir daqiqadan so‘ng artib olinadi.

Qalin dog‘lar uchun 1:1 nisbatda suv bilan ichimlik sodasi aralashtirilib, yog‘ dog‘lariga surtiladi va 5 daqiqadan so‘ng quruq mato bilan artib olinadi. Aralashmaning qoldiq qismi nam mato bilan yuvib chiqiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.