Kiyimlarni xona sharoitida quritadiganlar uchun 7 muhim maslahat
Sovuq mavsumda ko‘pchilik kiyim quritkichlarini balkon yoki kvartiraning ichki qismiga o‘tkazadi. Shuning uchun kiyimlar tezroq quriydi va xonalarda namlik ko‘tariladi. Ammo bu usul sog‘liq uchun mumkin bo‘lgan xavflar bilan bog‘liq. Bu vaziyatda yordam beradigan muhim maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: “Domashniy ochag”To‘g‘ri joy tanlang
Agar xonada kiyim quritishga to‘g‘ri kelsa, avvalo, mehmonxona va yotoqxonaga quritkichni o‘rnatmaslikka harakat qilish kerak. Bu har qanday holat uchun eng qulay xonalar. Keyinchalik yuqori namlik tufayli ularda mog‘or paydo bo‘lishi mumkin va sog‘liq xavf ostida bo‘ladi.
Ventilyatsiyaga e’tiborli bo‘ling
Iloji boricha kirlar quritilgan xonalarni shamollatish tavsiya etiladi. Agar xonada ventilyator o‘rnatilgan bo‘lsa, uning tozaligiga e’tibor berish lozim, bu qurilmaning samarali ishlashi uchun zarurdir.
Kir yuvish vaqtini ertalabga o‘zgartiring
Kechqurun kir yuvishga odatlanganlar bo‘lsa, kir yuvish mashinasining uzoqroq vaqtidan foydalanishi mumkin. Ertalab nam kirlarni osib qo‘yish mumkin va tabiiy quyosh nuri tufayli ular tezroq quriydi.
Issiq quritkich sotib oling
Uy uchun bunday gadjetlar o‘z egalarining ko‘plab ijobiy fikrlarga sazovor bo‘ldi. Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar har qanday did va budjet uchun keng turdagi modellarni taklif qilishadi: bir, ikki va uch darajali, energiya tejash rejimi bilan, nozik matolardan tayyorlangan buyumlar uchun maxsus. Bunday qurilmalar kiyimlarni quritish vaqtini qisqartiradi.
Quritkichni uyning har xil joyiga ko‘chirib turing
Hech qanday qo‘shimcha funksiyasiz oddiy metall quritkichdan foydalanganda, quyosh yordam beradi. Kun davomida quritkichni kvartira bo‘ylab harakatlantirish kerak. Shundagina maksimal yorug‘lik kiyimlarga tushadi va jarayonni telashtiradi.
Kiyim ilgichlaridan foydalaning
Quritkichdan unumli foydalanish uchun kiyimni ilgichi bilan ilish kerak. Ushbu usul bilan kiyimlar tezroq quriydi. Shuningdek, ular ilgichda kamroq g‘ijim bo‘ladi va dazmol qilish vaqtini ham qisqartiradi.
Ortiqcha namlikdan xalos bo‘ling
Agar uy biroz eski bo‘lsa, nam quritkichni o‘rnatish muammoni yanada kuchaytiradi. Xonada mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish uchun namlikni nazorat qilish moslamasini sotib olishni unutmaslik kerak. Bunday sarmoya mog‘orga qarshi devorlarni bo‘yash bilan keyingi ta’mirlashdan ancha arzonga tushadi.
Manba