Salomatlik Salomatlik Ispaniyada 3 yoshli bolaga bir vaqtning o‘zida oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazildi

Ispaniyada 3 yoshli bolaga bir vaqtning o‘zida oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazildi

O'qildi: 261


Ispaniyada 3 yoshli bolaga bir vaqtning o‘zida oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazildi

Ispaniyada oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazilgan bolaga uyga javob berildi, deb xabar beradi Europa Press.

Foto: Europa Press

Barselonada yashovchi Viktor ismli bola ushbu operatsiyani uch yil kutgan. Bu vaqt mobaynida u bir sutkada 18 soatlab sun’iy oziqlantirish apparatiga ulab qo‘yilgan.

Bolaga oshqozon, jigar, o‘n ikki barmoqli ichak, ingichka ichakning bir qismi, to‘g‘ri ichak, oshqozon osti bezi ko‘chirib o‘tkazilgan.

Operatsiya Madriddagi Hospital La Paz klinikasida fevral oyining oxirida o‘tkazilgan.

Bolaning onasi homiladorlikning 27 haftasida chaqaloqda gastroshizis kasalligi borligidan xabar topgan. Bu qorin old devorining kasalligi bo‘lib, unda boshqa organlar tashqariga chiqib turadi.

Bolaga jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki oy o‘tgach, uyga ruxsat berildi. Hozirda u uyda qayta tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Mavzuga doir: Xitoylik shifokorlar 76 yoshli erkakning boshidagi pichoqni olib tashladi. Erkak pichoq bilan 26 yil yurgan




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.