Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari
Poyabzallarni ehtiyotkorlik va mahorat bilan tanlasangiz ham vaqt o‘tishi bilan ularda yashirin nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradigan muammolardan biri bu — yurayotganda poyabzal g‘ijirlashidir. Ba’zi hollarda shbu muammoni poyabzal ta’mirlash ustaxonasiga murojaat qilmasdan o‘zingiz yechishingiz mumkin.
Foto: Getty ImagesG‘ijirlagan oyoq kiyimlarini nima qilish kerak?
Poyabzal tanlashda diqqatliroq bo‘lsangiz, birinchi marta kiyib ko‘rgandayoq g‘ijirlagan tovush chiqyaptimi, yo‘qmi aniqlash mumkin. Ammo ko‘pincha ularni xarid qilib, kiya boshlaganingizdan keyingina g‘ijirlay boshlaydi.
Qanday qilib poyabzal g‘ijirlashidan qutulish mumkin?
G‘ijirlagan oyoq kiyimlardan chiqayotgan tovushning sababini aniqlash orqali muammoni hal qilish mumkin. Buning uchun turli sirtlarda — plita, linoleum, asfalt, yog‘och pol ustida yurib ko‘ring. E’tiborli bo‘lib, g‘ijirlash poyabzal charmi yoki taglikdan chiqayotganini aniqlash lozim.
Agar oyoq kiyim turli yuzalarda yurish paytida g‘ijirlasa, muammo taglikda emas, balki charmda bo‘lishi mumkin. Tovush faqat ba’zi sirtlardagina paydo bo‘lsa, katta ehtimol bilan taglikka ahamiyat bering.
Foto: Getty ImagesAgar bunga taglik sabab bo‘lsa, uni tashqari va ichkaridan chakanda yoki zaytun yog‘i bilan moylang. Bunda o‘simlik moyidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki keyinchalik poyabzalda yoqimsiz hid paydo bo‘lishi mumkin. Taglikni fen bilan qizdiring va astalik bilan yog‘lang, keyin quritishga qoldiring.
Agar tovushning sababi poyabzal charmi bo‘lsa, poyabzal yuzasini xuddi shu kastor yog‘i yoki poyabzal mumi bilan namlashga harakat qiling. Tovushni butunlay yo‘q qilish uchun har bir protseduradan so‘ng moyning sirtga to‘liq singib ketishiga imkon berish lozim. Buni ikki yoki uch marta bajarishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Manba