Osteoxondroz: bu qanday kasallik va uning oldini olish mumkinmi?
O‘tirib bajariladigan ish osteoxondroz kuchayishining sabablaridan biri hisoblanadi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.
Foto: Getty ImagesOsteoxondroz belgilari
Osteoxondroz umurtqa pog‘onasida joylashganligiga qarab uch xil bo‘ladi: bo‘yin, ko‘krak va bel-dumg‘aza.
Bo‘yin osteoxondrozi belgilari:- bosh aylanishi;
- bo‘yin, bosh va qo‘llarda og‘riq;
- barmoqlarda uvishish hissi;
- ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi;
- quloqlardagi shovqin.
- bel og‘rig‘i;
- ko‘krakning sanchib og‘rishi;
- nafas olish qiyinlashishi
- bel-dumg‘aza osteoxondrozi belgilari:
- oyoqdagi og‘riq;
- beldagi og‘riq;
- oyoq barmoqlarida uvishish hissi.
Osteoxondrozning oldini olish
Osteoxondroz bo‘yicha davo muolajalariga massaj, fizioterapiya, dori va inyeksiyalar kiradi. Ammo kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish yoki uning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
Ish joyingizni to‘g‘ri jihozlang
Kreslo qulay bo‘lishi, lekin haddan tashqari yumshoq bo‘lmasligi kerak. Kreslo yoki stulga orqa bel bilan emas, balki orqa miya egri chizig‘iga mos holda o‘tirish tavsiya etiladi. Agar faqat orqa o‘rindiqli stul yoki kreslo mavjud bo‘lsa, bel sohasiga maxsus suyanchiq qo‘yish lozim.
Kompyuter yoki noutbukning monitorini ko‘zingizga qarama-qarshi turadigan qilib joylashtiring — bu bo‘yin sohasi egriligidan himoya qiladi.
Ishdan tanaffus qiling
Har soatda ishni to‘xtatib, biroz mashq bajarishga kamida besh daqiqa vaqt ajrating: boshingizni egib, qo‘llaringizni oldinga cho‘zing. Tanani bukish, egish va boshqa mashqlarni ham bajaring.
To‘g‘ri yoting
Tepaga qaragan holda uxlashga harakat qiling; agar bunga ko‘nikolmasangiz, yoningizga katta yostiq yoki ko‘rpa qo‘yib oling. Bu uyqungizda yonboshlashingizga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, to‘shak juda yumshoq bo‘lmasligi lozim.
Mavzuga doir:
- Egilgan bo‘yin: Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?
- Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari
- Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
- Turib ishlash uchun 5 ta sabab
- O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?
Manba