Salomatlik Salomatlik Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat

Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat

O'qildi: 247


Yozda tishlar sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan 10 odat

Tabassumingiz chiroyli, tishlaringiz esa sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Lisa”

Ko‘proq suv iching

Suv nafaqat tishlarni kariyesdan qutqaradi, balki teri va to‘qimalarni suvsizlanishdan himoya qiladi. Shu sabab ham shirin ichimliklardan qochish, ichgan taqdirda ham shakarsiz saqich chaynash tavsiya qilinadi. Gap shundaki, ichimliklar tarkibidagi shakar va limon kislotasi og‘izdagi bakteriyalarni ko‘paytirib, tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.

Taomlarning issiq yoki sovuqligi bir-biriga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qarating.

Issiq taomdan keyin sovuq yoki aksincha ovqatlanish tish emalida muammolar kelib chiqishi hamda kariyes paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tamaddi qilishni unutmang

Tamaddi uchun mevalardan yaxshisi yo‘q, ammo tanlovni ham bilib qilgan yaxshi. Masalan, tarkibida suv bisyor bo‘lgan tarvuzni hech ikkilanmay iste’mol qilsa bo‘ladi, kislotali hisoblangani va tish emaliga zarar yetkazishi mumkinligi sabab sitruslardan tiyilgan yaxshi.

Tish yordamida buyumlarni ochishga harakat qilmang

Shisha qopqog‘ini, yong‘oq va shunga o‘xshash boshqa narsalarni tish yordamida ochishga harakat qilmang. Aks holda tishlaringizga jiddiy zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lasiz.

Lab terisini parvarish qilishni unutmang

Muammo bo‘lmagan taqdirda ham tishlaringiz haqida qayg‘uring. Ayniqsa, yoz kunlar terini maxsus balzamlar bilan oziqlantirishni unutmang.

Shirin ichimliklar bilan og‘zingizni chaymang

Bunday odat kariyes paydo bo‘lisi va bundan ham yomonroq salbiy oqibatlarga olib keladi.

Hovuzda cho‘milgan taqdiringizda ham tishlaringiz haqida qayg‘uring

Hovuzdagi xlorlangan suv tishlarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkinligini esdan chiqarmang. Har safar hovuzdan cho‘milgandan keyin, og‘iz bo‘shlig‘ini kimyoviy moddalar ketishi uchun tishlarni yuvishni unutmang.

Zararli odatlardan voz keching

Sigaret chekish tishlarning rangi, salomatligiga va baquvvatligiga zarar yetkazadi. Tarkibida zaharli moddalar borligi sabab og‘izdagi qon aylanishiga salbiy ta’sir qiladi.

Tishlarni noto‘g‘ri yuvish

Tishlarni bir kunda ikki marta, 2 daqiqadan yuvishga harakat qiling. Shu bilan birga tish yuvish pastasi tarkibida antiseptik va tish emaliga zarar yetkazadigan boshqa moddalar bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

Davolovchi va kasalliklarni oldini oladigan tish pastasidan foydalaning

Maxsus tish yuvosh pastalarida og‘iz bo‘shlig‘i, xususan, tishlar bilan bog‘liq muammolarning bartaraf qiladigan yoki oldini oladigan moddalar bo‘ladi. Yoz oylarida sezuvchan tishlarga mo‘ljallangan pastalardan foydalangan yaxshi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.