Sutdan ko‘ra ko‘proq kalsiyga boy 5 ta mahsulot
Ma’lum bo‘lishicha, sut va tvorog organizm uchun juda ham zarur bo‘lgan kalsiyning yagona manbai emas. Sut mahsulotlariga allergiyasi bo‘lgan insonlar uchun ushbu foydali element bilan ta’minlaydigan muqobil mahsulotlar mavjud.
Foto: CosmopolitanHatto bolalar ham kalsiyning tish, suyaklar va biriktiruvchi to‘qimalar salomatligi uchun mas’ul ekanini biladi. Afsuski, ushbu element organizm tomonidan o‘z-o‘zidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni iste’mol qilish salomatlik uchun juda muhim.
Baliq
Foto: CosmopolitanBaliq organizm uchun ajoyib kalsiy yetkazib beruvchi hisoblanadi. Atigi 100 gramm losos yoki sardina taxminan 350 milligramm kalsiyni o‘z ichiga oladi. Bir kishi uchun kunlik norma esa 1000 milligrammni tashkil etadi. Bundan tashqari, losos balig‘i organizmda kalsiyning so‘rilishiga yordam beradigan D vitaminining manbai sanaladi.
Suli yormasi
Foto: CosmopolitanSuli yormasining o‘rtacha porsiyasida taxminan 200 milligramm kalsiy mavjud. Shuning uchun ham tongni suli yormasi o‘rin olgan nonushta bilan boshlash organizm uchun foydali.
Ko‘kat va yashil sabzavotlar
Foto: CosmopolitanIsmaloq, salat bargi, maydanoz(petrushka)va karam ham kalsiyga boy. Tushlik yoki kechki ovqat paytida yuqorida sanab o‘tilgan sabzavotlar iste’mol qilinsa, organizm salomatlik va go‘zallik elementi — kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojning deyarli yarmini qabul qiladi.
Sitrus mevalar
Foto: CosmopolitanAjablanarli, ammo haqiqat: bir stakan apelsin yoki greypfrut sharbati bir stakan sutga qaraganda ko‘proq kalsiyni o‘z ichiga oladi. Biroq haddan tashqari ko‘p ichish mumkin emas, chunki ularning tarkibida ko‘p miqdorda shakar mavjud. Sharbatdan haftasiga bir yoki ikki stakan ichish salomatlik uchun me’yoriy hisoblanadi.
Anjir
Foto: CosmopolitanMa’lum bo‘lishicha, hatto qandli diabetga chalingan bemorlarga ham tavsiya etiladigan anjir mevasi kalsiyga nihoyatda boy. Olimlar kuniga 4 dona anjir iste’mol qilish kalsiyga bo‘lgan kunlik ehtiyojning to‘rtdan bir qismini ta’minlashini aniqladi.
Mavzuga doir:
- Qarimaslik uchun tez-tez tanovul qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar
- Sirka, zanjabil, bodring va salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan boshqa detoks mahsulotlar
- Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: saraton xavfini kamaytiradigan 4 mahsulot va bitta ichimlik
Manba