Nega yozda kam ovqat iste’mol qilinsa ham vazn ortadi? Ko‘z yummaslik kerak bo‘lgan 3 ta sabab
Umuman olganda, yozda hamma ham ozgina bo‘lsa-da, vazn yo‘qotadi: chunki ko‘p vaqt ochiq havoda o‘tadi va kamroq yog‘li ovqat iste’mol qilinadi. Ammo ba’zida tarozida ortiqcha kilogrammni ko‘rish nafaqat hayratlanarli, balki alam ham qiladi. The Voice Mag nashri nega bunday bo‘lishining sababini ma’lum qildi.
Albatta, yozgi ratsion yangi sabzavot va mevalarga boy. Bundan tashqari, haddan tashqari issiqda ovqatdan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichish istagi bo‘ladi: ishtaha kun bo‘yi ham yo‘qolishi mumkin. Biroq bu omillarning barchasi mumkin bo‘lgan vazn ortishidan himoya qilmaydi.
Hazmi yengil taomlar
Yozgi mahsulotlar odatdagi ratsiondan hayratlanarli darajada farq qiladi va zararsiz hamda yengil ko‘rinadi. Ammo me’yorga amal qilgandagina. Bu esa haqiqatan ham qiyin.
Ha, okroshka karam sho‘rvadan ko‘ra kamroq kaloriya hisoblanadi. Muzqaymoq esa bir bo‘lak tortning deyarli yarmiga teng. Ammo sovuqligi bilan tetiklantiruvchi bitta muzqaymoqning ikkinchisi ham bor. Xuddi shunday, okroshka bilan muzli ichimliklar, rezavorlar va mevalar iste’mol qilinadi.
Aytgancha, rezavorlar va mevalar haqida. Yozda ular shunchalik arzon bo‘ladiki, natijada odamlar ularni ortiqcha iste’mol qilishga ham tayyor. Ammo uglevodlarning kunlik me’yoridan oshib ketishi bilan bog‘liq va bu vaznni saqlab qolishga yordam bermaydi.
Yozgi shish
Issiq tufayli shish paydo bo‘lishi aniq kilogramm ortishiga olib kelishi mumkin. Hatto bu sevimli oyoq kiyimlarni kiyishga to‘sqinlik qiladi. Biroq yozda shishish faqatgina harorat bilan bog‘liq emas. Organizmdagi suvning turg‘unligi faqat uglevodlar me’yoridan oshib ketishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, haddan tashqari sho‘r ovqatga bo‘lgan ishtiyoq — gazaklar, fastfud va yarim tayyor taomlar chanqoqqa, ko‘p suyuqlik ichish esa shishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘proq yangi sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sog‘lom tushlik va kechki ovqatlarni tayyorlash uchun kuch topishga harakat qilish kerak.
Jismoniy faollikning yetishmasligi
Yozda kunning aksariyat qismi tashqarida o‘tadi: sayr, do‘stlar bilan uchrashuv, tabiat qo‘ynida dam olish. Ammo ko‘pincha faoliyat darajasida xatoliklar uchraydi. Shahar bo‘ylab sayrlar tezda konditsionerli kafedagi yig‘ilishlarga, o‘rmon sayohatlari esa oddiy taomlanishga aylanadi. Shu tarzda go‘yoki tinimsiz harakat tufayli juda kuchli charchoq kuzatilsa-da, aslida organizm avvalgidan ham kamroq energiya sarflagan bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi ko‘ngilochar faoliyatlar vaznning yanada ortishiga olib keladi.
Mavzuga doir:
- Tez-tez suv ichasizmi? Chanqoq hissi paydo bo‘lishining 7 ta tibbiy sababi
- Jazirama kunda nima ichish kerak?Chanqoqni qondirishning bir nechta usullari
- Hammasiga gormonlar sababchi: uyqusizlik, charchoq, ortiqcha vazn sababini qayerdan izlash kerak?
Manba