Salomatlik Salomatlik Yashirin xavf: ishtaha karnay bo‘lishiga olib keladigan 5 mahsulot

Yashirin xavf: ishtaha karnay bo‘lishiga olib keladigan 5 mahsulot

O'qildi: 351


Yashirin xavf: ishtaha karnay bo‘lishiga olib keladigan 5 mahsulot

Ishtahani ochib, odatdagidan ko‘proq ovqatlanishga olib keladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Daily Mail

Makaron

Oliy navli undan tayyorlangan makaronlar oddiy uglevod hisoblanadi. Qayta ishlash jarayonida bug‘doy barcha foydali elementlarini yo‘qotadi. Oddiy uglevodlar qancha tez to‘ydirsa, ochlik hissini shuncha tez qaytishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham bug‘doyning qattiq turidan tayyorlangan pastalarga, grechka uni va e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Jo‘xori uni

Oddiy uglevodlar shakar bilan qo‘shilganda qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladi va qorin ochishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday umumlashma qondagi glyukozani ikki karra oshiradigan kortizol gormonining miqdori yuqori bo‘lgan vaqt ya’ni tongda iste’mol qilinsa, organizmda metabolizm jarayoni qiyinchilik bilan kechadi. Bu esa doimiy ravishda ochlikni hamroh bo‘lishi va shirinlikka bo‘lgan talabning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shakarsiz kola

Ichimlikda shakar yo‘qligi yozib qo‘yilgani xotirjam bo‘lishga sabab bo‘la olmaydi. Sun’iy shirin ta’m beruvchi qo‘shimchalar ochlik hissining ko‘payishiga olib keladi. Tarkibida tabiiy shakar bo‘lmagani hisobiga organizm uni “boshqasiga” qidirishga kirishadi.

Olma

Foydali ekani haqida ma’lumotlar ko‘plab topilishiga qaramay, shirin olma qondagi insulin miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu esa shakarning yog‘ga aylanishiga sabab bo‘ladi. Tez o‘zlashgani hisobiga takror tamaddi qilish istagi paydo bo‘ladi.

Chips va krekerlar

Ayniqsa, sho‘r bo‘lgan yeguliklar tamaddi uchun eng yomon variant hisoblanadi. Oddiy uglevod hisoblanganidan tashqari, bunday mahsulotlarda tuz miqdori yuqori bo‘ladi. Odam uchun kunlik me’yor 5 gramm hisoblansa, bir o‘ram chipsda o‘rtacha 0,7 gramm tuz bo‘ladi. Tuz o‘z navbatida organizmda suyuqlik to‘playdi, bu esa shish va toksinlar yig‘ilishiga olib keladi.

Mavzuga doir: 

  • Egilgan bo‘yin: Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?
  • Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari
  • Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
  • Turib ishlash uchun 5 ta sabab
  • O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.