Salomatlik Salomatlik Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq tinch qo‘ymasa, nima iste’mol qilish kerak?

Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq tinch qo‘ymasa, nima iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 473


Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq tinch qo‘ymasa, nima iste’mol qilish kerak?

Shirinlikka o‘ch har qanday inson uchun bu tuyg‘u juda yaxshi tanish. Agar organizm kerakli vaqtda shakar qabul qilmasa, muammo paydo bo‘ladi. Bu his-tuyg‘ular uglevod yetishmasligi va organizmning ma’lum ovqatlanish odatlaridan kelib chiqadi. Organizm uchun tort yoki sabzavotli salatdan kerakli moddalarni olishi mumkinligi muhim emas. Harper’s Bazaar nashri shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqdan xalos bo‘lish va vaznga zarar bermaslik uchun nima iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Shirinlik iste’mol qilishni xohlashning birinchi sababi — uglevodlarning yetishmasligi. Yog‘ va oqsillar bilan bir qatorda ular organizmning normal ishlashi uchun zarurdir. Uglevodlar energiyaning asosiy manbai bo‘lib, hazm qilish jarayonida ular glyukozaga aylanadi, bu miya, mushaklarni oziqlantiradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Uglevodlarning ikki turi mavjud: oddiy yoki tez(monosaxaridlar)va murakkab yoki sekin(polisaxaridlar). Kimyoviy darajada ular tuzilishi jihatidan farq qiladi: ko‘rinib turibdiki, ikkinchisi murakkabroq bo‘lib, ya’ni organizmga ularni glyukozaga aylantirish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Tez uglevodlar(oq shakar va uni o‘z ichiga olgan shirinliklar)glyukozaning keskin oshishiga olib keladi. Ular bir zumda energiya oqimini ta’minlaydi, ammo atigi bir soat ichida glyukoza darajasining xuddi shunday keskin pasayishi kuzatiladi, ochlik hissi paydo bo‘ladi, charchoq va asabiylashish kuzatilishi mumkin va shirinliklarga bo‘lgan ehtiyoj esa yana ortadi. Shuning uchun tanlov sekin uglevodlar — sabzavot va to‘liq donlar foydasiga amalga oshirilishi kerak. Ular organizmning uglevodlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, lekin vazn ortmaydi.

Bundan tashqari, tanadagi xrom yetishmovchiligi tufayli shirinliklar uchun nazoratsiz istak paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu element nafaqat qondagi glyukoza darajasiga, balki uglevod almashinuvini tartibga solishga ham bevosita ta’sir qiladi. Qo‘ziqorin, dukkaklilar, kartoshka, dengiz mahsulotlari, tuxum, gulkaram va brokkoli xrom tanqisligini to‘ldirishga yordam beradi.

Shirinliklarga bo‘lgan ishtiyoqning oxirgi, lekin eng keng tarqalgan sabablaridan biri stressdir. Shakarni iste’mol qilish baxt gormoni serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bu tashvishlanishni kamaytirishga, asablarni tinchlantirishga yordam beradi va kayfiyatni ko‘taradi. Ammo shakar serotonin darajasini oshiradigan yagona oziq-ovqat emas. Oqsilli mashg‘ulotlar, don va kartoshka baxt gormoni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, kakao bu vazifani juda yaxshi bajaradi. Tabiiy kakao kukuni va shakar qo‘shilmagan o‘simlik sutidan tayyorlangan ichimlik qomatga zarar bermasdan shirinlik iste’mol qilish istagini qondiradigan sog‘lom muqobildir.

Mavzuga doir:

  • Ko‘p shakar iste’mol qilish qandli diabetga olib keladimi?
  • Shifokorlar voz kechishni tavsiya etadigan 11 mahsulot
  • Qandli diabet xavfini oshiradigan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.