Salomatlik Salomatlik Qaysi biri foydali: guruch yoki grechka?

Qaysi biri foydali: guruch yoki grechka?

O'qildi: 384


Qaysi biri foydali: guruch yoki grechka?

Bir qancha foydali xususiyatlari ega grechka yoki guruchdan qay biri afzalroq?

Foto: Harper’s Bazaar

Grechkaning foydali tomonlari

Grechkaning ko‘p miqdordagi kletchatkaga boy tarkibi ikkita katta afzallikka ega. Birinchidan, kletchatka oshqozon-ichak traktining salomatligi uchun juda foydali. Ikkinchidan, ular organizmga to‘yinganlik hissini beradi, ya’ni nonushta uchun grechka iste’mol qilgandan so‘ng uzoq vaqt davomida qorin ochmaydi. Bundan tashqari, grechka sabzavotli oqsil miqdori bo‘yicha rekord darajadagi mahsulotlardan biridir. Yaxshi muvozanatlangan aminokislota tarkibi tufayli grechka tarkibidagi oqsil juda yuqori sifatga ega. Shuning uchun sportchi va vegetarianlar grechkani ratsionning asosiy mahsulotiga aylantirgan.

Grechkaning tarkibi boshqa donlarga qaraganda ancha boy. Unda marganets, mis, magniy, temir va fosfor mavjud. Ushbu minerallar barcha organizm tizimlari uchun foyda keltiradi: temir va mis yurak-qon tomir tizimining sog‘lig‘i uchun javobgardir, magniy asab tizimining ishlashi va kognitiv funksiya uchun, fosfor va marganets metabolizm, to‘qimalarning yangilanishi, o‘sishi uchun mas’ul. Grechka tarkibidagi antioksidantlar miqdori ham hayratlanarli. Ular organizmning hujayralarini shikastlanish va yallig‘lanishdan himoya qiladi, immunitetni oshiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Grechkani muntazam iste’mol qilish qondagi qand miqdorini nazorat ostida ushlab turishga yordam beradi. Yuqori kletchatkali tarkib, past glikemik indeks donni ikkinchi toifa diabetning oldini oladi. Bundan tashqari, grechka tarkibidagi moddalar yurak-qon tomir kasalliklarini, qon quyqalari xavfini, yallig‘lanishni kamaytiradi va qon bosimini me’yorlashtiradi. Qolaversa, grechka vaznni nazorat qiluvchilar uchun uglevodlarning eng xavfsiz manbalaridan biridir. Diyetologlar uni hatto past uglevodli diyetada bo‘lganlar uchun ham iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Guruchning foydali jihatlari

Oq guruch, afsuski, sog‘lom ovqatlar ro‘yxatiga umuman kirmaydi: u ko‘p miqdorda uglevod, kraxmalni o‘z ichiga oladi va amalda tanaga hech qanday foyda keltirmaydi. Ammo jigarrang guruch vitaminlar va minerallarning haqiqiy omboridir. Qayta ishlash jarayonida donning qobig‘i buzilmaganligi sababli kletchatkaga boy hisoblanadi. Bu ovqat hazm qilish traktining sog‘lig‘ini saqlash uchun zarurdir, shuningdek, uzoq vaqt to‘yinganlik hissini beradi, ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi.

Jigarrang guruch vitaminlarga boy manba sanaladi. B vitaminlari yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi, miyani rag‘batlantiradi va konsentratsiyani oshiradi, K vitamini esa suyaklarni, biriktiruvchi to‘qimalarni va qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, ularning kalsifikatsiyasini oldini oladi. Jigarrang guruch ajoyib tabiiy detoks vositasidir: u organizmni tozalaydi va toksinlarni chiqarib tashlaydi.

Guruchning boy antioksidant tarkibi organizm hujayralarini erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi, yallig‘lanishning oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, ajinlar paydo bo‘lishidan va terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Bundan tashqari, jigarrang guruch tarkibidagi faol moddalar sochni mustahkamlaydi, ularga kuch va yorqinlik bag‘ishlaydi.

Immunitetni mustahkamlash uchun guruch ham foydali bo‘lishi mumkin. Uning tarkibida ko‘p miqdorda askorbin(vitamin C), nikotinik kislotalar va sink mavjud bo‘lib, ular immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va viruslardan himoya qiladi.

Guruch va grechka: qaysi biri afzal?

Ikkala don ham turli xil foydali moddalarga juda boy bo‘lishiga qaramay, grechka ustunlikka ega. U birinchi navbatda, kraxmalni o‘z ichiga olmaydi, bu diabetga chalinganlar uchun xavfsizdir. Bundan tashqari, kaloriya cheklangan parhezdagilar uchun grechka yaxshi tanlovdir, chunki u jigarrang guruchga qaraganda kamroq kaloriyani o‘z ichiga oladi.

Mavzuga doir:

  • Avokadoning qanday foydali xususiyatlari bor?
  • Quritilgan mevalarning foydali hamda zararli xususiyatlari
  • Sut mahsulotlarini iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
  • Yasmiqning ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.