Salomatlik Salomatlik Sochlaringiz to‘kilyaptimi? Muammoni hal qilishning 10 usuli

Sochlaringiz to‘kilyaptimi? Muammoni hal qilishning 10 usuli

O'qildi: 278


Sochlaringiz to‘kilyaptimi? Muammoni hal qilishning 10 usuli

Soch to‘kilishiga turli xil sabablar bo‘lishi mumkin — mikroelementlar yetishmasligidan tortib irsiy moyillik va juda jiddiy kasalliklargacha. Bu muammoni hal qilish uchun oqibatni emas, balki sababni topish muhimdir.

Foto: Getty Images

— Dastlab soch to‘kilishi kasallikmi yoki yo‘qmi aniqlab olish kerak. Kuniga 100 tolagacha soch to‘kilishi odatiy hol hisoblanadi. Oddiy sinov o‘tkazing: to‘kilgan sochlarning ildizi bor-yo‘qligiga e’tibor bering?Ildiz yo‘qmi?Demak, bu odatiy soch to‘kilishi va tashvishlanishga hojat yo‘q.

— Ildizi bilan to‘kilyaptimi?Yana bir test o‘tkazing. Ikki-uch kun davomida sochlaringizni yuvmang, so‘ngra ularni boshingizning tepasiga yig‘ing. Qo‘lingizda beshtadan ortiq soch qoldimi?Darhol trixologga murojaat qilish lozim.

— Oilaviy albomingizni ko‘rib chiqing. Agar ajdodlaringiz taqir bosh bilan sarg‘aygan fotosuratlardan qarab turgan bo‘lsa, ehtimol sizda androgenetik alopesiya bor bo‘lishi mumkin. Bu kasallik emas, balki achinarli holatdir, uning rivojlanishi kechikishi, namoyon bo‘lishi kamayishi mumkin, ammo uni butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Bunday holda trixolog bilan maslahatlashing.

— Yaqinlaringizdan uxlaganingizda sizni kuzatishlarini so‘rang. Juda kamdan kam hollarda tushida sochlarni yulish orqali namoyon bo‘ladigan nevroz kasalligi ham mavjud.

— Iloji bo‘lsa, bir-ikki hafta dam oling. Yetarli darajada uxlang, to‘g‘ri ovqatlaning, asabiylashmang. Shundan so‘ng sochlar holatini kuzating. Agar ular kamroq to‘kilsa, muammo bilan kurashish uchun turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kifoya.

— Siqib turadigan bosh kiyimlardan saqlaning – bunday narsalar soch follikulalarini qon bilan ta’minlanishini buzadi, lekin 20 daraja sovuqda bosh kiyimsiz yurmang.

— Fen, ingichka tishli metall va plastmassa taroqlardan kamroq foydalaning, yog‘och taroq va massaj cho‘tkalarni ishlating. Nam sochlarni quritib, keyin tarang.

— Analiz topshiring. Endokrinolog bilan maslahatlashish va gormonlar, shakar, reoensefalografiya va boshqalar uchun testlardan o‘ting. Bundan tashqari, sochlardagi kimyoviy elementlar tarkibini o‘rganadigan mutaxassislarga murojaat qiling. Tekshiruvlar asosida sochlarni mustahkamlashga yordam beradigan preparatlarni tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

— Diyetolog bilan maslahatlashing. Ratsionni normallashtirish uchun organizmning ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyojini va ularning haqiqiy ta’minlanishini kompyuter orqali tahlil qilgan ma’qul.

Ba’zi hollarda soch to‘kilishi jiddiy kasallik alomati bo‘lishi mumkin(ular orasida qandli diabet, anemiya, ayollarda gormonal muvozanat buzilishi, asab tizimining charchashi). Ushbu kasalliklar sizda bor yoki yo‘qligini bilish uchun shifokorga murojaat qiling.

Mavzuga doir: 

  • Nima uchun koronavirusdan keyin soch to‘kiladi?Mutaxassis javob beradi
  • Bahorda soch to‘kilishining 4 asosiy sababi
  • Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
  • Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.