Salomatlik Salomatlik Koronavirus test tahlili: Noto‘g‘ri natija qayd qilinishining sababi nimada?

Koronavirus test tahlili: Noto‘g‘ri natija qayd qilinishining sababi nimada?

O'qildi: 354


Koronavirus test tahlili: Noto‘g‘ri natija qayd qilinishining sababi nimada?

Bugungi kunda koronavirusni aniqlash uchun PSR tekshiruvidan keng foydalanilmoqda. Polimeraza zanjir reaksiyasi asosida tekshiriladigan mazkur testda burun va og‘izdan olingan namunada koronavirus bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Lekin qandaydir sabab bilan virus yetarlicha faol ko‘paymagan bo‘lsa(ayniqsa zararlangandan keyingi birinchi kun)test tahlili noto‘g‘ri natijani ko‘rsatishi mumkin. Qolaversa, bemorning beparvoligi yoki namuna olish jarayonining yetarlicha puxta tashkil etilmagani ham noto‘g‘ri natijaga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Bugungi kunda barcha testlarning deyarli 30 foizi noto‘g‘ri natija ko‘rsatmoqda, afsuski bu kichik ko‘rsatkich emas. PSR tahlilida noto‘g‘ri natija qayd qilinmasligi imkoniyatini ko‘paytirish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya qilinadi.

Test topshirishning to‘g‘ri usuli

Bemorning burun yoki og‘zidan “mazok” olinadi. Natija maksimal darajada aniq bo‘lishi uchun esa test topshirishdan 3 soat avval chekmaslik, ichmaslik(hatto suv), tish va burunni yuvmaslik kerak. Bu xatti-harakatlarning barchasi virus qo‘zg‘atuvchilar zarralarini “yuvilib” ketishiga sabab bo‘lishi hamda testda virus aniqlanmasligi mumkin.

Yana nimalar test natijasiga ta’sir qilishi mumkin?

Test, shuningdek, kasallikning boshlanishida yoki kasallik boshlanganidan uzoq vaqt o‘tib topshirilganda ham noto‘g‘ri natija qayd qilinishi mumkin. Gap shundaki, kasallik endigina boshlangan bemorda viruslar miqdori kam bo‘lishi va bu testda aniqlanmasligi mumkin. Uzoq vaqtda esa virus pastki nafas yo‘llariga o‘tishi va tomoq qismida qolmasligi yoki test aniqlay olmaydigan darajada kam bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, laboratoriya xodimlarining beparvoligi ham natijaga ta’sir qilishi mumkin. Aniq natija uchun esa ana shu virus RNK butun bo‘lishi kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.