Sochlar to‘kilishiga qanday qilib barham bersa bo‘ladi?
Soch to‘kilishi nafaqat go‘zallik, balki salomatlik bilan bog‘liq muammodan darak beruvchi jiddiy muammo sanaladi. Ushbu muammoning oldini olish uchun nima qilish kerakligi haqida trixolog-shifokor Mayya Jmareva ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: ElleAlopetsiya nima?
Sochlar inson tanasini gipotermiya, qizib ketish va mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi. Alopetsiya sochlarning doimiy o‘sadigan teri qismidan patologik yoki vaqtincha to‘kilishi hisoblanadi. U umumiy yoki o‘choqli bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda odamning butun tanasida ikkinchisida esa faqatgina boshida soch to‘kiladi.
Soch to‘kilishi — bu odamning jinsi va yoshi bilan bog‘liq bo‘lgan fiziologik jarayon. Erkaklardagi sochlarning umri o‘rtacha ikki-uch yil, ayollarda esa to‘rt-olti yil bo‘ladi. Odamning boshida o‘rtacha 30 mingta soch tolasi bo‘ladi. Me’yorda bir kunda odamning 100 tolagacha sochi to‘kiladi. Undan ko‘proq bo‘lishi esa muammo borligidan darak beradi. Bu muammoning individual yoki mavsumiy sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan, kuz va qishda soch to‘kilishi boshqa fasllarga qaraganda ko‘proq kuzatiladi. Kuniga 100 toladan ko‘proq soch to‘kilishi bir haftadan ko‘proq vaqtdan buyon kuzatilayotgan bo‘lsa, trixolog shifokorga murojaat qilish kerak.
Foto: ElleSoch o‘sishining hayotiy sikli uchta bosqichda bo‘lishi mumkin:
Faol o‘sish(anagen) — 80-90 foiz sochlar kun davomida shu fazada bo‘ladi. Ular ikki yildan olti yilgacha davom etadi. Anagen davomiylik individual tavsiflanadi. Qoshlar uchun, masalan, ushbu davr 4 oy davom etadi.
Katagen — 50 dan 100 tolagacha bo‘lgan soch folikulalari ushbu bosqichda bo‘ladi.
Telogen — ushbu bosqich 2-4 oy davom etadi, shundan keyin sochlar ildizidan ajraladi.
Androgenga bog‘liq alopetsiya 95 foiz bemorda, asosan, androgenetik ko‘rinishda uchraydi. Unda davomli soch to‘kilishi kuzatilib, nasldan naslga o‘tishi ham mumkin, tamoman o‘smay qolguniga qadar esa vaqt o‘tishi bilan soch tolasi mo‘rtlasha boradi. Undan 30 yoshgacha bo‘lgan 25 foiz va 30 yoshgacha bo‘lgan 40 foiz erkak aziyat chekadi. 12 foiz ayollarda esa androgenetik alopetsiya 30 yoshgacha, 25 foiz holatda esa 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda kuzatiladi.
Trixoskopiya nima?
Trixoskopiya — uzoq tayyorgarchiliksiz teri va soch ahvolini o‘rganadigan zamonaviy tekshirish usuli. Ushbu tekshirish usuli bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va bosh terisi va soch ahvolini biopsiya qilmasdan turib samarali kuzatish imkonini beradi. Ushbu atama fanga 2004-yil amerikalik dermatolog Lidiya Rudnitskaya tomonidan kiritilgan.
Trixoskopiya o‘tkazish standartlari:
- Tekshiruv bosh yuvilganidan ikki-uch kun keyin o‘tkaziladi.
- Ikki kun davomida bo‘yoq va boshqa vositalardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.
Mavzuga doir:
- Kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lgan soch turmaklari
- Foto: Imijini tez-tez o‘zgartirishdan cho‘chimaydigan mashhur ayollar
- Yumaloq yuzli ayollarga yarashadigan soch turmaklari(foto)
Manba